So’nggi yangiliklar

20:10"Бешиктош" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 20:00Суперлига. "Пахтакор" – "Хоразм" (матнли трансляция)  19 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  1 19:25"Турон" — "Тобол". Таркиблар маълум  0 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:58АПЛ. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум  18 18:45Суперлига. "Навбаҳор" - "Қўқон-1912" 3:0 (матнли трансляция)  16 18:35"Ал Батаеҳ" — "Ал Ваҳда". Ғаниев ва Эркинов жамоалари ўртасидаги ўйин учун таркиблар маълум  0 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  5 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  1 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  12 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  5

Jaloliddin Masharipov: "O'yinlarimiz bilan guruhdan chiqishga loyiqligimizni isbotlay oldik" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "O'yinlarimiz bilan guruhdan chiqishga loyiqligimizni isbotlay oldik"

Kecha Toshkentning "Paxtakor" jamoasi OCHL guruh bosqichi 6-turida Eronning "SHahr Xodro" klubini 1:0 hisobida mag'lub etgandi.

Shahr Khodrou FC

AFC Champions League Grp. B . 6-tur

24/09/2020, 00:00

1
:
0
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

Jaloliddin Masharipov - 65'

45'
90'
31'  Ali Taheran
45'  Mohammad Reza Khalatbari
45'  Ali Nemati
69'  Akbar Sadeghi
69'  Mohammad Reza Khalatbari (Hossein Mehraban)
76'  Abolhassan Jafari
78'  Ruhollah Seifollahi (Amirhassan Jafari)
78'  Mohammad Ali Faramarzi (Alireza Asadabadi)
46'  Dostonbek Khamdamov (Javokhir Sidikov)
46'  Khoziakbar Alidzhanov (Akramjon Komilov)
46'  Odildzhon Khamrobekov (Vladimir Kozak)
65'  Jaloliddin Masharipov
67'  Yegor Krimets (Sadriddin Abdullaev)
73'  Akramjon Komilov
77'  Dragan Ceran (Asad Sobirzhonov)

SHu tariqa, "sherlar" "B" guruhida birinchi o'rin bilan pley-offga yo'l olishdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida SHota Arveladzening yordamchisi Piter Xyuistra aytib o'tgan fikrlarni oldinroq o'qigandingiz.

"Paxtakor" murabbiyi Piter Xyuistra: "Bu o'zbek futbolining ham yutug'i. Haqiqiy bosim endi boshlanadi"

Kechagi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Jaloliddin Masharipov Xyuistraga hamrohlik qilgandi. Quyida vingerning fikrlarini keltirib o'tamiz.

J.Masharipov: "O'z imkoniyatimning 70 foizi darajasida o'ynadim deb hisoblayman. Bu turnirda ancha qiyinroq bellashuvlarni ham o'tkazganmiz. Avvalgi uch uchrashuvda yuta olmaganimiz sababli bugun yutishimiz kerak edi. Vaziyatlardan foydalanishda bu sal xalal berdi. "Al Hilol" haqida umuman o'ylamadik. Yigitlar bilan gaplashib, bor kuchimizni berish haqida bir-birimizga aytgandik. Bu keyingi o'yinlarda ruhiy dalda bo'lardi. Guruhda yaxshi o'yin ko'rsata oldik. Ko'rsatgan o'yinlarimiz bilan guruhdan chiqishga loyiqligimizni isbotlay oldik deb o'ylayman. Musobaqada uzoqroqqacha etib borishni istaymiz".


- Garchi gol urishni uddalagan bo'lsanglar-da, xatto bugun ham qator vaziyatlar ko'kka sovurildi. Jismonan kuchli va keskin futbol namoyish etadigan "Istiqlol"ga qarshi bellashuvga bu taraflama tayyorgarlik qanday bo'ladi?

- Har o'yindan so'ng mehmonxonaga borganimizda jamoadagi yigitlar bilan bahsni tahlil qilib chiqamiz. Murabbiylarning tahlilidan oldin o'zaro fikr almashamiz. Qanday o'ynadik, xatolar, yaxshi jihatlar xususida suhbatlashamiz. To'g'ri, CHempionlar ligasida hujumlarni yakunlash bizga muammolar tug'dirdi. Masalan, ichki chempionatimizda nisbatan ancha ko'p vaziyatlar yaratamiz va ularni biridan gol uramiz. CHempionlar Ligasida esa juda ko'p vaziyatlar bo'lmaydi, bunda 2-3 imkoniyatdan gol urib ketish kerak. Biz kamchiliklarimizga barham berish ustida ishlaymiz.

- Siz driblingi kuchli o'yinchisiz va sizga qarshi raqiblar doim keskin va qo'pol o'ynashadi. Oldindagi jismonan baquvvat raqibga qarshi bu qanchalik muammolar tug'diradi?

- Jindam ham har bir o'yinda qiynalyapman, aldayman desam hamisha yonimda ikkita raqib turibdi, oson emas. Ular ham bizni o'yinlarimizni ko'rib chiqqan va o'rgangan. Murabbiylar menga imkon bo'lishi bilan raqiblarni aldashga harakat qilishim haqida aytishadi, albatta. Buni juda xohlaganimdan bazida raqiblarni aldashga kirishib ketib qolaman, qarshimdan esa 2-3 nafar o'yinchi chiqib keladi. Bu esa qiyinchilik tug'diryapti. Lekin, har bir bellashuvdan keyin xonamda o'yinni 90 daqiqa to'liq qayta ko'rib chiqaman va qaysi joyda nima qilganimda to'g'riroq bo'lardi deb o'z o'yinimni tahlil qilib chiqaman. Navbatdagi bellashuvlarda yanada ko'proq urinib, jamoaga foyda keltirishga harakat qilaman.


Eslatib o'tamiz, nimchorak final doirasidagi "Paxtakor" - "Istiqlol" bahsi 26 sentyabr kuni "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi.


Tolibjon Qosimov

Doha, Qatar

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика