Jaloliddin Masharipov: "Lokomotiv" bilan OCHLda g'olib chiqmoqchiman"
03 fev 2017 15:39
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: "Lokomotiv" bilan OCHLda g'olib chiqmoqchiman"
"Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Turkiyada jamoa ixtiyoriga borib qo'shildi.
"Klubdagi barcha yigitlar bilan oldindan tanishman. Birinchi kun engil mashg'ulotlar o'tkazdim. Umid qilamanki, "Lokomotiv"ga tezda kirishib ketaman deb o'ylayman. Jamoaga foyda keltirsam xursand bo'laman.
"Lokomotiv" klubi bu mavsum Osiyo chempionlar ligasida o'ynaydi. Xalqaro musobaqada o'ynab tajribam yanada oshishiga umid qilaman. Bu ham o'zimga, ham milliy terma jamoaga foydali bo'ladi.
"Lokomotiv" safida OCHLda g'olib bo'lishni o'z oldimga maqsad qilib qo'yaman. Bundan tashqari o'zimni Evropaga reklama qilishga urinaman. Orzuim kelajakda Evropa klublarida o'ynash", - deydi Masharipov "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati bilan suhbatda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar