Jaloliddin Masharipov: “Avvalgi tarkib nom jihatdan kuchli bo'lgan bo'lishi mumkin, biroq hozirda biz ancha taktik va jamoaviy jihatdan kuchliroqmiz”
12 jan 2024 13:23
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: “Avvalgi tarkib nom jihatdan kuchli bo'lgan bo'lishi mumkin, biroq hozirda biz ancha taktik va jamoaviy jihatdan kuchliroqmiz”
Ayni daqiqalarda Suriya - O'zbekiston uchrashuvidan avval matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.
Unda jamoamiz etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov hozirgi tarkib kuchlimi yoki Osiyo kubogi-2019 yilgi tarkib kuchlimi degan savolga javob berdi.
"Bir necha kun avval ham shu masalani o'ylagandim. Avvalgi tarkibdan faqatgina men va Otabek SHukurov hozir ham o'ynamoqdamiz. Eldor jarohat olib qoldi. Menimcha, hozirda bizda ko'proq intizom, o'yin uslubimiz va ishonch bor. Avvalgi tarkibda nom taraflama, talanti taraflama kuchli bo'lgan bo'lishi mumkin, biroq hozirda biz ancha taktik va jamoaviy jihatdan kuchliroqmiz. SHu taraflama biz hozirda kuchliroq bo'lsak kerak deb o'ylayman".
Fikrlar