Jaloliddin Masharipov: "Al Nassr"ni engib, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz"
21 okt 2024 22:25
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: "Al Nassr"ni engib, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz"
"Istiqlol" hamda "Al Nassr" o'rtasida o'tkaziladigan OFK Elit CHempionlar ligasi 3-tur uchrashuvidan avval Eron klubi etakchisi Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Al Nassr" yaxshi jamoa, futbolchilari ham kuchli. O'zim shu jamoa sharafini himoya qilganman. Bu klub bilan ko'plab xotiralarim saqlanib qolgan. Ammo "Istiqlol" ham kuchli ekanligini, jamoada mahoratli futbolchilar borligini unutmaslik kerak. Biz Dubayga (o'yin Dubayda bo'lib o'tadi) "Al Nassr"ni engib, muxlislarni xursand qilish uchun keldik.
"Istiqlol" muxlislari zafar quchishimizni kutishyapti. Dubayda eronliklar ko'pligidan xabarim bor, shunday ekan "Istiqlol" bu erda yolg'izlanib qolmaydi. Ertaga muxlislarimiz g'alabamizni stadionda nishonlaydi deb umid qilaman. Eronga 3 ochko bilan qaytishga harakat qilamiz" - dedi Masharipov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar