Jaka: "Mourinyuning qiziqishi men uchun faxr"
30 may 2021 20:18
Yangiliklar
Jaka: "Mourinyuning qiziqishi men uchun faxr"
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka "Roma"ning unga bo'lgan qiziqishi haqidagi savollarlarga izoh berdi.
"Albatta, mish-mishlardan xabardorman, ammo hozir bor etiborimni terma jamoaga qaratyapman. "Arsenal" bilan ikki yillik shartnomam bor. Agar transfer haqida gaplashish fursati kelsa, men tayyorman.
Rostini aytsam, Mourinyuning bu borada nima deganini eshitmadim. Ammo uning qiziqishi men uchun faxr hisoblanadi. Barcha Mourinyuning qanday natijalarga erishganinidan yaxshi xabardor. Joze sovrinlarni qanday yutishni biladi", - deydi Jaka.
Fikrlar