Jaka: "Germaniyaga qarshi o'yinda biz kuchliroq o'ynadik"
07 sen 2020 12:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/590920_original.jpg)
![](/upload/storage/590920_220.jpg)
Jaka: "Germaniyaga qarshi o'yinda biz kuchliroq o'ynadik"
SHveycariya terma jamoasi sardori Granit Jaka Millatlar Ligasi doirasidagi Germaniya (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz o'yinni yaxshi boshladik deb hisoblayman va birinchi bo'limda imkoniyatlarga ega bo'ldik. Albatta, kichik xato tufayli gol ham o'tkazib yubordik. Biz hisobdan norozimiz, ammo o'yinimizdan ko'nglimiz to'q.
Biz shuningdek Ukrainaga qarshi o'yinda ham yaxshi harakat qildik, ayniqsa birinchi taymda. Bugun mening fikrimcha, o'yinda biz kuchliroq o'ynadik. Guruhimiz murakkab, ammo kelasi o'yinlarda yaxshi natijalarga umid qilamiz", - deydi Jaka.
Eslatib o'tamiz, Millatlar Ligasi 4-guruhida (A) Ispaniya 4 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Undan keyingi o'rinlarda Ukraina (3), Germaniya (2) va SHveycariya (1) termalari bormoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar