So’nggi yangiliklar

20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  8 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  51 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2

Jahongir Mehmonov: Maqsadim Navbahor bilan yuksak cho'qqilarni zaabt etish Yangiliklar

Jahongir Mehmonov: Maqsadim Navbahor bilan yuksak cho'qqilarni zaabt etish

Joriy mavsumlar oralig'ida jamoamiz tarkibiga boshqa klublarda faoliyat yuritayotgan ayrim namanganlik futbolchilar qo'shilishdi.
Ana shunday transferlardan biri himoyachi Jahongir Mehmonov bilan bog'liq. Mahoratli himoyachi so'nggi yillarni Farg'onaning Neftchi jamoasida o'tkazayotgandi. Mehmonovni Navbahorga qaytishi jamoamiz markaziy himoya chizig'ini mustahkam bo'lishiga xizmat qilishi tabiiy hol. SHu sababli, muxlislarimiz Jahongirni qaytishini katta xursandchilik bilan qarshi olishdi. Mehmonov bilan suhbatlashib, o'zimizni va muxlislarni qiziqtirishi mumkin bo'lgan savollarga javob oldik.

- “Navbahor”ga qaytishingiz qay tariqa amalga oshdi?
- Mavsumlar oralig'ida jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov va klub direktori Nosirjon Sultanovlarning takliflariga ko'ra yana Navbahor jamoasiga qaytdim. Qolaversa, Namangan viloyat hokimi Xayrulla Hayitbaevich Bozarov ham jamoaga qaytishimni istaganliklari sababli Namanganda to'p surishga qaror qildim. O'zim tug'ilib o'sgan viloyat sharafini munosib tarzda himoya qilib, muxlislarimizni ijobiy natijalarimiz orqali xursand qilishga harakat qilamiz degan umiddaman. Navbahor klubini menga begona bo'lmaganligi sababli ham qaytishni lozim topdim.

- Bundan oldin ham “Navbahor”ga qaytish istagi bormidi?
- Albatta bor edi. Yuqorida aytib o'tganimdek Navbahor jamoasi men uchun begona emas. Aynan jamoadagi faoliyatim orqali xalqqa tanildim, do'stlar ortirdim. Qolaversa, o'z uyida o'ynash har qanday futbolchiga ham yoqadi. SHundan kelib chiqqan holda qaytish istagi oldin ham yuzaga kelgandi. Biroq, turli sabablarga ko'ra Navbahorga qaytishim amalga oshmagandi. Qaytish vaqti 2017 yilgi to'g'ri kelganligi sabab yana qadrdon jamoam safida to'p surish imkoniga ega bo'lyapman.

- Jamoa safida bir oydan beri mashg'ulotlarda qatnashmoqdasiz. Tayyorgarlik jarayoni qay tarzda o'tmoqda?
- Jamoamizning yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni alo darajada davom etmoqda. Kuniga ikki mahaldan tashkil etilayotgan mashg'ulotlarning ertalabkisida asosiy etibor jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlashga qaratilmoqda. Kechki paytdagi mashg'ulotlarda esa texnik va taktik jihatlarni kuchaytiradigan mashqlar bajarilmoqda. Bundan tashqari nazorat uchrashuvlari orqali o'yin amaliyotini ham shakllantirib bormoqdamiz. O'tkazilayotgan mashg'ulotlardan barcha jamoadoshlarimning ko'ngillari to'lmoqda.

- Bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov haqida qanday fikr bildira olasiz?
- Ilhom aka Mo'minjonov haqida faqat iliq fikrlarni bildirishim mumkin. Murabbiyimizning mashg'ulot o'tkazish jarayonlari menga har tomonlama manzur bo'ldi. Yaxshi natijalarni qo'lga kiritishimiz uchun o'z imkoniyatlarimizdan to'liq foydalanishimizni talab etmoqdalar. Bir so'z bilan aytganda barchamiz murabbiy boshchiligida ahil va inoq bir jamoaga aylanganmiz. Navbahor klubini aynan Mo'minjonov boshchiligida yuksak natijalarni qayd etishiga ishonchim komil.

- O'tgan mavsumda jarohat tufayli ayrim uchrashuvlarda maydonga tusha olmadingiz. Ayni paytda jarohat bezovta qilmayaptimi?
- CHindanam, jarohat tufayli o'tgan mavsumdan o'rin olgan bir qator uchrashuvlarda maydonga tusha olmadim. Ayni paytda esa jarohatim umuman bezovta qilmayapti. 2016 yilgi chempionat yakunlanishiga bir nechta tur qolganida jarohatdan qutulib maydonga qaytgandim. Ko'plab futbolchilarni jarohat olishlari futbolda uchrab turadi. O'z navbatida jarohat asoratlari ham o'zini bildirishi mumkin. SHukurki, hozirda jarohatimdan butunlay qutulishga erishdim.

- Umuman olganda Farg'onaning “Neftchi” klubidagi faoliyatingiz haqida nima deya olasiz?
- Farg'onaning Neftchi klubidagi faoliyatim xususida gap ketganida, faqat ijobiy fikrlarni aytishim mumkin. Jamoada samarali tarzda faoliyat olib borganligim bois Neftchidagi ishtirokimdan yorqin xotiralar qoldi. Farg'onada to'p surish orqali yangi do'stlar ortirdim. Ular bilan o'tgan vaqt davomida ahil-inoq bo'lish bilan bir qatorda aka-ukalardek munosabatda bo'ldik. Farg'onadagi faoliyatim davomida o'z vazifamni sidqidildan bajarib, Neftchining yuksalishi uchun qo'limdan kelganicha harakat qildim. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi va jamoadoshlarim Baxtiyor Yoqubov, Mansur Saidov va Akmal Xolmatov kabi futbolchilar yordamida jamoada o'z o'rnimga ega bo'ldim. Do'stim SHukurali Po'latov va Dilyorbek Ermatov esa har jabhada menga ko'mak berishdi. Barcha futbolchilar bir-birimizga yordam berib, imkoniyatimiz darajasida to'p surishga intilib, Neftchi jamoasini yuqori natijalarni qo'lga kiritishi uchun harakat qildik. O'z navbatida jamoa muxlislariga ham rahmat aytib o'tmoqchiman. Ishqibozlar zarur damlarda jamoani qo'llab-quvvatlab bizga dalda bo'lib turishdi. SHuningdek, Neftchi klubida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga ham bildirilgan ishonch va etibor uchun minnatdorchilik bildirib o'taman.

- Klub rahbariyati va murabbiylar Neftchidan ketishingizga qanday munosabat bildirishdi?
- Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov Neftchidan ketishimni umuman istamagandi. Lekin, ayrim sabablarga va tushunmovchiliklarga ko'ra ketishga qaror qildim. Klub rahbariyati bilan kelisha olmaganligim ham Neftchidan ketishimga sabab bo'ldi.

- Namangan futboli tarbiyalanuvchisi sifatida “Navbahor”ning o'tgan chempionatlardagi qatnashuvini kuzatganligingiz aniq. Jamoaning ishtiroki borasida qanday fikr bildira olasiz?
- Jamoaning 2016 yilgi chempionatda qayd etgan natijasi Navbahor klubiga umuman yarashmaydi. Barchaga malumki, jamoa o'zbek futbolida o'z obro'siga ega sanaladi. O'z vaqtida chempionlik ham qo'lga kiritilgan. Qolaversa, boshqa bir qator yutuqlar ham qayd etilgan. Navbahor O'zbekiston chempionatlari tarixida bu kabi mushkul ahvolga tushmagandi. Jamoaga befarq bo'lmaganligim sababli Navbahorning o'yinlarini kuzatib borishga harakat qildim. Ayniqsa jamoaning chempionat so'nggidagi Bunyodkor, Andijon va o'tish turnirida Norin jamoalariga qarshi uchrashuvlari diqqat bilan kuzatib, Navbahorga muxlislik qildim. Futbolchilik faoliyatimdagi dastlabki klubimni oliy ligada qolishini istaganim uchun ham natijalarga befarq bo'la olmasdim. Yangi mavsumda Navbahorni yuksak cho'qqilarni zabt etishini istaganligim va natijalarni ijobiy ko'rinish olishi uchun ham jamoaga qaytdim deb ayta olaman. Mavsumlar oralig'ida Navbahor azosiga aylangan boshqa jamoadosh do'stlarimni maqsadi ham shunday ekanligini aytib o'tgan bo'lardim.

- Mavsumlar oralig'ida “Navbahor”ga bir qator tajribali futbolchilar jalb etilmoqda. Yangi mavsumda jamoa chempionatda nechanchi o'rinlar uchun kurash olib boradi deb o'ylaysiz?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, Navbahor jamoasi bilan birgalikda yuqori o'rinlar uchun kurash olib borishga harakat qilamiz. CHempionat deyarli bir yil davom etadi. SHuni hisobga olganda har qanday vaziyat ro'y berishi mumkin. SHundan kelib chiqqan holda qaysidir o'rinni olamiz deb vada bera olmasakda, yaxshi natija qayd etish uchun bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz.

- Ahillikda gap ko'p. Ayni paytda jamoa azolarining bir-birlariga bo'lgan munosabati qanday?
- Ayni paytda jamoada ajoyib muhit xukm surmoqda. Navbahor tarkibida mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan deyarli barcha futbolchilar bilan oldindan tanishman. Kim bilandir aka-ukadek bo'lsam, yana boshqalari bilan do'stmiz. Bir so'z bilan aytganda ahil jamoa jam bo'ldi. Biror-bir tadbirga boradigan bo'lsak ham barchamiz birga bo'lmoqdamiz. Jamoadagi ichki muhit chin manoda do'stona ruhda desam xato bo'lmaydi. Barchamiz mashg'ulotlarda ko'tarinki kayfiyatda qatnashib, hordiq chiqarish paytida ham bir-birimizga iliq munosabatda bo'lmoqdamiz.

- Yanvar oyidagi yig'in davomida “Navbahor” bir qator nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdi. O'tgan o'yinlar haqida nima deya olasiz?
- Jamoamizning Toshkentda bo'lib o'tayotgan yig'inlari chog'ida bir qator nazorat o'yinlarida maydonga tushdik. Qaysidir uchrashuvda g'alaba qozondik va ayrimlarida imkoniyatni boy berdik. Qishki yig'inlarda asosiysi natija hisoblanmaydi. Muhimi o'yin amaliyotini shakllantirishdan iborat. Bundan sharoitda kimnidir o'yini chiqmaydi yoki hali to'liq tayyor bo'lmaydi. Gohida ertalabki jismoniy mashqlarni bajarib, jiddiy yuklamalarni olgan holda kunning ikkinchi yarmida nazorat o'yinida maydonga tushiladi. SHu sababli uchrashuvlar paytida qiyin bo'ladi. Qishki mashg'ulotlarda yuklamalarni olish muhim sanaladi. Aynan shu jihat uzoq mavsum davomida jismoniy tomondan mukammal bo'lishimiz uchun asqotadi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda mag'lubiyatga uchragan o'yinlarimizda tushkunlikka tushayotganimiz yo'q. CHempionatdagi natijalarni ijobiy ko'rinish olishi nazorat o'yinlaridan ko'ra muhimroq sanaladi. Bir so'z bilan aytganda tayyorgarligimiz yaxshi o'tmoqda.

 
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика