So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Jahongir Mahkamov: "Akmal Xolmatovning tajribasi jamoamizga foyda keltirmoqda" Yangiliklar

Jahongir Mahkamov: "Akmal Xolmatovning tajribasi jamoamizga foyda keltirmoqda"

Pro-liga 30-turidan o'rin olgan “Iftixor” - “Labsa” (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Jahongir Mahkamov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugun Buxoro viloyatining “Labsa” jamoasiga qarshi o'ynadik. Birinchi bo'limda murakkab vaziyatga tushib qoldik. Tanaffusga chiqqanimizda 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgan edik, 15 daqiqalik imkoniyatdan foydalanib jamoamiz futbolchilariga tegishli ko'rsatmalarni berdik, ularni ruhan qo'llab-quvvatlab, kayfiyatlarini ko'tarishga harakat qildik. Ikkinchi bo'limda 3 ta gol urib, yakunda g'alaba qozondik. Bugungi g'alabamiz irodali bo'ldi deb o'ylayman. Jamoamiz muxlislari uchun xursandmiz, bugungi g'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz.


O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi vasiyligidagi “Iftixor” klubimizning oxirgi turlardagi natijalari bir oz pasayib ketdi. Bunga sabab etakchi futbolchilarimizning jarohat olganligi yoki malum bir sabablarga ko'ra maydonga tusha olmaganliklari tufayli yuz berdi deb o'ylayman. Jamoamizda tajribali futbolchi bor, hammalaring taniysizlar, taniqli futbolchi Akmal Xolmatov. Akmal Xolmatovning tajribasi jamoamizga juda katta foyda bermoqda, u maydonda harakat qilsa, yosh futbolchilarga o'rgatadi, o'rnak bo'ladi, umuman olganda o'yinimizni tashkil etadi.

“Iftixor” jamoasi o'yindan o'y inga shakllanib borayapti, kelajakda kuchli va raqobatbardosh jamoaga aylanamiz degan umiddaman.  


Bekzod Tolibov yozib oldi.

“Iftixor” matbuot xizmati bilan xamkorlikda tayyorlandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика