So’nggi yangiliklar

14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  2 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  1 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  5 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  8 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  5 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5

Jahongir Jiyamurodov: "Asosiy etiborni infratuzilmani yaxshilashga qaratganmiz " Yangiliklar

Jahongir Jiyamurodov: "Asosiy etiborni infratuzilmani yaxshilashga qaratganmiz "

Pro liganing navbatdagi turida "Zomin" o'z maydonida G'uzorning "SHo'rtan" jamoasini qabul qildi.

Keskin kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda "Zomin" kutilmaganda "SHo'rtan"ni 3:1 hisobida taslim qildi. O'yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Jahongir Jiyamurodov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin oson o'tmasligini bilgandik. Raqibimiz yaxshi shakllangan, Superliga havosidan nafas olgan jamoalardan biri edi. "SHo'rtan" jamoasidan etishib chiqayotgan yosh futbolchilarning kelajagi bor deya olaman. SHularni hisobga olib shogirdlarimga kerakli ko'rsatmalarni berdim. Ular buni eplay olishdi. Qo'llaridan kelgancha g'alaba uchun harakat qilishdi. To'g'risini aytaman ikkinchi bo'limda o'zimda ham hayajon bo'ldi. CHunki, raqib o'nta futbolchi bilan harakat qilgan bo'lsada, havfli hujumlar uyushtirdi. 

Mashg'ulotlarda barcha jihatlar ustida ishladik. Lekin, ko'proq kombinacion hujumlarni tashkil qilish borasida ish olib bordik. Yarim himoyachilarga raqib darvozabonini tahlikada ushlab turish uchun ko'proq uzoqdan zarabalar berish kerakligini aytdim. 

Jamoada moliyaviy holat juda ham zo'r deya olmayman. Biroq, yomon ham emas. To'g'risi, bizda bu qadar katta mablag' yo'q. Rahbarlarimiz doim harakatda. Stadion qurib bitkazildi. Yaqin orada bazamiz ham foydalanishga topshiriladi. Hozirda bor etiborni infratuzilmani yaxshilashga qaratganmiz",- deydi Jahongir Jiyamurodov. 



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика