So’nggi yangiliklar

09:30Абдулвоҳид Ғуломов: «2025 йилги мавсумда муносиб иштирок этишга ҳар томонлама пухта тайёрланяпмиз»  1 08:48Мармушниннг «Манчестер Сити»даги ойлиги маълум  3 08:14Sofascore. Шомуродов ва унинг жамоадошлари «Женоа»га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:43Фарруҳ Зокиров: «Яратган вазиятларимизни голга айлантира олмадик»  0 02:40А Серия. "Рома" "Женоа"ни мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  11 02:25Бундеслига. "Боруссия" кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:58Расман: Хвича - ПСЖ футболчиси!  4 01:30"Манчестер Юнайтед" тарихидаги энг яхши тўпурарлардан бири вафот этди  0 00:52"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖнинг собиқ футболчиси "Бока Хуниорс"га ўтди  0 00:26Абдуқодир Ҳусанов тиббий кўрикдан ўтди  17 00:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" яна очко йўқотди  3 23:59Аёллар ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон Австралияга мағлуб бўлган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  8 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0 22:11Ўзбекистон U20 Сурия билан дуранг ўйнади  2

Jahon chempionatiga Kloze va Ronaldo etishmayapti. Markaziy forvardlar - ko'plab favoritlarning kuchsiz tomoni Yangiliklar

Jahon chempionatiga Kloze va Ronaldo etishmayapti. Markaziy forvardlar - ko'plab favoritlarning kuchsiz tomoni

Tarkibida Jiru borligi Deshamning omadi.


Deyarli barcha grandlarda "to'qqizlik" muammosi mavjud

Ramushning omadli yurishi mavzumizning dolzarbligini oshiradi, biroq bu kecha paydo bo'lgan masala emas. JCH-2022 pley-off bosqichining ilk bosqichida gollar soni bo'yicha rekord o'rnatilgan bo'lsada, musobaqadagi qator termalarda aynan hujumlarni yakunlash bilan bog'liq muammo bor va bo'ladi. Keyn va Jiru – sport formasi va darajasiga ortiqcha shubha qilmasak bo'ladigan ikki markaziy hujumchi. SHu bilan ro'yxat amalda to'xtaydi. Mundialning ko'plab ishtirokchilarida bir xil muammo — afsonaviy "to'qqizlik" etishmovchiligi. Ispaniyada Morata bordek edi, lekin foydasi bo'lmadi-ku?

Endilikda termaning sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike unga to'liq ishonmadi. Bunga mutaxassisda malum sabablar yo'q emasdi. Alvaro ekstra-darajadagi forvard emas, shunchaki kuchli jamoadagi samarli hujumchi. U Raul ham, hattoki Vilya ham emas. Kim biladi deysiz, balki Marokash bilan o'yinda Jerar Moreno va Yago Aspas etishmagandir, chunki Ferran va qolganlar – hujumkor yarim himoyachilar, eng oldingi chiziq vakillari emas. Belgiyada ham shunga o'xshash muammo, sababi Lukaku Qatarga jarohat bilan etib kelgandi. Safga qaytganida esa, Lukaku faqatgina vaziyatlarni ko'kka sovurishga yaraydigan holatdaligi malum bo'lib qoldi.

Ajoyib Braziliya terma jamoasi ham yangi Fenomensiz ishi bitmaydigan raqibga duch kelgunga qadar dadil odimlayotgan va ishni markaziy hujumchisiz bitirayotgandi. Biroq kecha... Jezus jarohat oldi va musobaqani ancha erta yakunladi. Risharlison ham biz aytayotgan tipdagi futbolchi emasligi, tajribasizligi pand berishi mumkinligi xorvatlarga qarshi bahsda isbotini topdi. Axir musobaqa Janubiy Koreya darvozasiga urilgan golni nishonlashdagi raqs bilan yakuniga etmagandi.

Kecha Braziliya etarlicha vaziyatlar yaratdi, ammo ulardan unumli foydalan olmaganda, peshonasining tepasidagina sochi qolgan hujumchini eslab qo'ydingiz-ku, to'g'rimi? Ushbu JCHda qanot hujumchisi bo'lgan Mbappe hammadan ko'p gol urdi (5 ta). Uchtadan gol urgan qator futbolchilar ichida faqatgina 3 nafari markaziy hujumchi — Jiru, Ramush va Morata. Olive jarohati sabab umuman o'ynay olmagan Benzemaga yaxshi o'rinbosar bo'la oldi, lekin shunda ham – mundialda ko'plab terma jamoalar yakunlovchi forvard yo'qligidan aziyat chekayotgani guvohi bo'ldik.


Murabbiylar bu kamchilikni taktika hisobiga yopishga urinmoqda

Valensiya hujumning oldingi chizig'ida jamoadoshlaridan kuchliroq. Uning hisobida 3 ta gol bor, ammo bu etarli bo'lmadi. Ekvador tarkibida turli chiziqlarda yaxshi futbolchilar bor, ammo Jiru tipidagi hujumchi topilmadi. Niderlandlar hujumida Depay va Gakpo. Ularning har ikkisi ham markaziy hujumchi sifatida ko'p harakat qilmagan. Bu ikki chap qanot vakillarining raqib jarima maydonchasiga yurishiga o'xshaydi, chunki Niderlandiya termasida yangi van Nistelroy yo'q. Qizig'i, bu vaziyatda murabbiylar malum bir amplua vakillarini atayin etiborsiz qoldiryapti deb bo'lmaydi.

Faqatgina Sautgeyt "Amerika ochyapti". Murabbiy Keyndan "aldamchi to'qqizlik" yasab, Xarrining ustidan kulayotgandek. Qolganlar imkoniyatidan kelib chiqib, muammoli nuqtalarni "yopishmoqda". Argentinada yangi Batistuta bormi? Yosh Aguero ham yo'q. Alvares – Gvardiola to'g'ri takidlaganidek, ikkinchi hujumchi. Xosep bekorga Xolandni ham sotib olmagan. SHunday bo'lsada, gol sezish qobiliyati kuchli bo'lgan Xulian asosiy tarkib uchun kurashda, boshqa bir ikkinchi forvad — Lautarodan ustun kelmoqda.

Martinesning xatolari, tarkibda Jiruga o'xshash, og'ir uchrashuvdagi u qadar xavfli bo'lmagan vaziyatdan ham amallab gol ura oladigan futbolchi bo'lishi zarurligini yana bir bor eslatib qo'ydi. JCHning eng omadli sakkiz jamoasining deyarli hech birida klassik forvard yo'q. Portugaliyada oxirgi pallada Ramush paydo bo'ldi – bitta o'yinda xet-trik qayd etdi. Meksikani esa Gonsaluning hamkasbi Ximenes qutqara olmadi. 


Zerikarli bahslar – etishmovchilik natijasi

Enrikega yaxshi holatdagi Torres, Vilya yoki Rauldan istalgan birini bering, ispanlar Marokashni osonlik bilan taslim qilardi. Jarima maydonchasida to'g'ri ochilishlar bu sanat asari, JCHda haqiqiy snayperlar etishmayotgandek. Avvallari Gerd Myuller, Rummenigge va Kloze o'ynagan Germaniyada dunyo darajasidagi markaziy forvard yo'q. Bunga ishonish ham biroz qiyin-a? Debyutant, harakatlari biroz beo'xshov Fyullkrug ham maydonga tushirildi. Hali yosh Mukokoga murabbiy ishonmadi va nemislar uyida o'tadigan Evro-2024da kim markaziy hujumchi bo'lishini hali hech kim aniq ayta olmaydi.

Biroq hattoki Yussufa o'yinida o'sish bo'lsa ham bu yangi Levandovski emas. Robert xuddi Lukaku singari omadsiz musobaqa o'tkazdi. Qatardagi turnir aynan markaziy forvardlarning bir necha marta mag'lubiyati sifatida yodda qoladigan bo'lmoqda. Hujumda asosiy rol "o'nliklar" zimmasiga tushmoqda — Messi, Grizmann va Fernandesh. Yoki aslida qanot hujumchilari bo'lib, markazga omadli o'tishlar qilayotganlar – Gakpo va Mbappe. SHu o'rinda niderlandlarda taktik sxema "3-4-3" emas, "3-5-2" ekanligini ham aytib o'tish lozim.

SHunday ekan van Persining vazifalari navbati bilan Kodi va Memfis zimmasiga tushmoqda. Nima uchun klassik forvardlar chiqmay qo'ydi? Balki bolalarning o'zi o'zgargandir. Endilikda ularni boshqa bir tengdoshiga qattiqroq tegish yomonligiga, boshqalarni xafa qilish yaxshi emasligi va jamoaning bir bo'lagi bo'lish kerakligiga o'rgatishmoqda.


Markaziy hujumchilar – xavfli ko'chalar bolalari

Buyuk forvardlar bezorilar, balki hammasi emasdir, lekin ko'pchiligi. Ibragimovich velosipedlarni o'g'rilar, ko'chada juda ko'p urishar va "bandit" bo'lishni rejalashtirgan. SHevchenko kichikligidan chekar va pulga bilyard o'ynagan. Lobanovskiy hujumchiga sigaretlarni taqiqlashga qattiq uringan, xuddi hozirda Xorvatiya termasida Brozovich bilan bo'layotganidek. Morata o'n marta yashasa ham, ayollar borasida braziliyalik Ronaldo bilan bahslasha olmaydi. Markaziy hujumchi, xuddi darvozabon singari – alohida ahamiyat kasb etadigan amplua.

Ko'pincha egoistroq miyalar, hammaga ham yoqavermaydigan xarakter. Forvardlar – ko'chalarning bolalari. Pele, Kloze, Ronaldo va Fonten singari hujumchilar hozir etishmayapti. Vaziyat qanchalik jiddiyligini tushunish uchun birinchi xet-trik musobaqaning 56-o'yinida, mundial yakunlanishiga 8 ta bahs qolganda qayd etildi. O'sha 3 ta golni ham 21 yoshli Ramush urdi. Kimsan Ronaldu hozirda gollar urishga qodir bo'lmay qolib, zaxirada o'tirishga majbur.

Bunday vaziyat yuzaga kelishida qisman Gvardiola ham aybdormikin? O'zining modasini shu qadar keng tarqatdiki, ko'pchilik Xoland formatidagi hujumchilarni yillar davomida xarid qilishni istamadi. Biroq "to'qqizliklar" qaytishadi, xuddi Grizmann singari "o'nliklar" qaytganidek, faqat ular avvalgidan ko'proq yuguradigan, kattaroq ko'lamda mehnat qiladigan bo'lib qaytadi. Hali yana Pele, Romario, Myuller, Eysebio, Ibragimovich va Suares singari futbolchilar chiqadi. Mundialdagi ko'plab terma jamoalar Ronaldo va Klozeni jon deb tarkiblariga qo'shib olishardi. Avvallari deyarli barcha bolakaylar o'ynashni orzu qilgan poziciyada shu kabi etishmovchilik yuzaga keldi.


Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика