So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Jahon chempionatiga bormaydigan 10 nafar yulduz Yangiliklar

Jahon chempionatiga bormaydigan 10 nafar yulduz

Teglar :  JCH-2018RobbenBeyl
Jahon chempionati saralash o'yinlari oxirlab borayotgan bir paytda mundialda ishtirok etmaydigan yulduzlar nomi ham malum bo'lib bormoqda.

Quyida kelasi yil jahon chempionatisiz qoladigan 10 nafar mashhur futbolchilarni keltirib o'tamiz. Siz qaysi biriga ko'proq achinasiz? 

David Alaba (Avstriya)
Avstriya - Evropada o'rtamiyona jamoa hisoblanadi. Jamoa yulduzi Alaba saralash o'yinlarida to'rt bor golli to'p uzatma bergani bilan avctriyaliklar mundialga chiqa olishmadi. Bundan tashqari, bu jamoa juda kuchli guruhdan joy olgan bo'lib, Serbiya, Uels va Irlandiyaga qarshi bahs olib bordi. 

Riyad Maxrez (Jazoir)
Jazoir o'z guruhida atigi bir ochko to'pladi. Jamoa dastlabki turda Kamerun bilan durang o'ynagandi. Keyinchalik ketma-ket to'rtta mag'lubiyat yuz berdi. Jamoa etakchisi Riyad Maxrez esa birortayam gol ura olmadi. Bu ketishda u faoliyatining oxirigacha "Lester"da qolsa kerak. 

Genrix Mxitaryan (Armaniston)
Mxitaryan - ajoyib futbolchi, ammo u ham kelasi yil Rossiyada bo'ladigan jahon chempionatiga bora olmaydi. Umuman olganda, armanlar hali-beri jahon chempionatida qatnashishmasa kerak. Ammo "MYU" yarim himoyachisi JCHda o'ynashga loyiq futbolchilardan biri edi. 

Edin Jeko (Bosniya va Gercegovina)
"Roma" hujumchisi harqancha harakat qilmasin, terma jamoasi o'z guruhida uchinchi o'rinni egalladi. Jeko saralash o'yinlarida beshta gol urdi, ammo bu kamlik qildi. Bosniya va Gercegovinaning ayniqsa safarda Kiprga 2:3 hisobida mag'lub bo'lishi kutilmagan hol bo'ldi. 

Per-Emerik Obameyang (Gabon)
Gabon terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi hujumchi bu safar umuman to'p kirita olmadi. Obameyang uchun nimagadir joriy mavsum yaxshi kechmayapti. Terma jamoada esa butunlay yo'qolib qoldi. Albatta, yaxshi o'ynamaganidan keyin terma jamoa ham maqsadiga erishmaydi. 

Aren Robben (Gollandiya)
Afsuski, Robbendek mashhur futbolchi ham kelasi yil mundialga bora olmaydi. Bu 33 yoshli yarim himoyachi uchun oxirgi imkoniyat edi. Ammo Gollandiya ham yakunda o'z maqsadiga erisha olmadi. Natijada Robben terma jamoadagi faoliyatini tugatishga qaror qildi va o'z o'rnini "Spartak" futbolchisi Kvinsi Promesga bo'shatib berdi. 

Arda Turan (Turkiya)
Arda Turan "Barselona" safida kam maydonga tushgani bilan o'z terma jamoasining etakchi o'yinchisi hisoblanadi. U samolyotda bir marta jurnalist bilan tortishib qolgani uchun jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Ardani ro'yxatdan chiqarib tashlagandi, lekin yangi murabbiy Mircha Luchesku uni yana bosh jamoaga qaytarib, hatto sardorlik bog'ichini topshirdi. Ammo Turkiya ham o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajara olmadi. 

Marek Gamshik (Slovakiya)
Marek Gamshik Slovakiya terma jamoasi tarkibida saralashning barcha 10ta o'yinida maydonga tushgan yagona futbolchi bo'ldi. U ikki bor to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Ammo slovaklar ham jahon chempionatiga chiqa olishmadi. Guruhda ikkinchi o'rinni olish uchun esa atigi bir ochko etmay qoldi. SHunday qilib, "Napoli" yarim himoyachisi ham mundialsiz qoldi. 

Garet Beyl (Uels)
Evropa chempionatida zo'r o'yin namoyish etgan Garet Beyl ham jahon chempionatidan tashqarida qoladigan bo'ldi. Garchi terma jamoada bir nechta yaxshi futbolchilar harakat qilgan bo'lsa-da, Beyl va uning jamoadoshlari vazifani hal qila olishmadi. Beyl jahon chempionatida o'ynashga loyiq futbolchi edi, ammo, lekin, biroq... 

Aleksis Sanches (CHili)
Rossiyada o'tkazilgan Konfederaciyalar Kubogida o'zidan yaxshi taassurot qoldirgan CHili JCH-2018 saralash bosqichini ko'ngildagidek o'tkaza olmadi. Ular oxirgi o'yinda Braziliyadan 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. Natijada Aleksis Sanches uchun ham navbatdagi mundial armon bo'lib qoladigan bo'ldi. 

Xorij matbuoti asosida tayyorlandi. 


Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика