So’nggi yangiliklar

14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  14 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  6 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  21 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2

Jahon chempionati kubogini kim o'g'irlab ketgan? Yangiliklar

Jahon chempionati kubogini kim o'g'irlab ketgan?

Kecha, 6 fevral kuni jahon chempionatining asosiy sovrini munidal Kubogi Toshkentga keltirildi.

4 yilda bir marta o'tkaziladigan turnir sovrinini o'g'irlash uchun ko'plab urinishlar amalga oshirilgan. Bugun jahon chempionati Kubogini o'g'irlash uchun bo'lgan harakatlar haqida aytib beramiz

1-urinish: Nemislarning omadsizligi

Avvaliga zerikarli, biroq muhim eslatmani aytib o'tamiz. Jahon chempionatining birinchi kubogida qadimgi greklarning g'alaba mabudasi Nika sakkiz burchakli idish ushlab turgani aks etgan. Sovrin asosi lazurit bo'lgan 925-probali oltin aralash kumushdan tayyorlangan, aynan shu sabab tufayli uni oltin mabuda deb atashgan. Bo'yi - 35 sm, og'irligi - 3,8 kg.

Jahon Kubogi - ko'pchilik uchun muqaddas buyum hisoblangan. Nacistlar esa bunday buyumlarga juda qiziqar edi.

Italiya futbol federaciyasi rahbari Ottorino Barassi buni yaxshi bilardi. 30-yillar oxiri, uning mamlakati - amaldagi jahon chempioni. SHu sababli kubok Rimda, mahalliy bankda saqlangan. Barassi hammani aldashga urinib, bankdan Nikani (kubok) olib ketgan. Nacistlar sovrin Barassaning uyidaligini tushunishgan, ammo isbotlab bera olishmagan. Bir necha marta uning uyini tintishgan, ammo hech narsasiz qaytishgan. Mabuda esa krovat tagiga yashirilgan Barassining etigida edi. Kubok u erda jahon urishini boshdan kechirgan.


2-urinish: Borimizni yashirmaymiz

20 yil o'tdi. Angliya jahon chempionatiga mezbonlik qilishi kerak edi. 1966 yilning yanvarida Nikani Londonga olib kelishdi va u o'zining yangi sohibini kutardi.

Qish oxirida sovrinni Vestminster-Xolldagi ko'rgazmaga olib borishdi. Kubokni to'rt nafar policiyachi qo'riqlar edi, ammo...

Yakshanba kuni, 20 martda ko'rgazma ishlamadi va policiyachilarga javob berildi. Vaziyatdan foydalangan jinoyatchilar orqa eshik qulfini buzishdi va Nikani olib ketishdi.

O'g'rilarni tuta olishmadi. Bir haftadan so'ng London fuqarosi Devid Korbettning iti Piklz parkda butalar orasidan qog'ozga o'ralgan buyumni topib oladi. Korbett uni ochib ko'radi va... Mabuda! U sovrinni tezda policiyaga eltadi.


3-urinish: Brazilcha o'g'irlik

1970 yilda braziliyaliklar uch karra jahon chempioniga aylanishdi. Bu muvaffaqiyat uchun ular Nikani bir umrga qabul qilib olishdi. Kubokni Braziliya futbol konfederaciyasining shtab-kvartirasiga o'rnatishdi. Tunda millatning asosiy xazinasini bor-yo'g'i bir qorovul qo'riqlar edi. 1983 yilning 20 dekabri, tun. O'g'rilar qorovulni bog'lab qo'yishdi. Ular federaciya rahbarining xonasiga kirib, seyfni buzishdi va mabudani olib ketishdi.

Bu safar o'g'rilarni tutishdi va qamoqqa tiqishdi (uzoq muddatga emas). Biroq kubok... Policiya bergan elonga ko'ra, uni eritib, bo'lak-bo'lak qilib sotib yuborishgan. Ammo bu o'g'rilarning gapi. Policiyada bundan boshqa isbot bo'lmagan.

SHu sababli, ko'plab qiziqqon insonlar hozirgacha ushbu jinoyatni ochishga urinishadi. Haqiqatdan ham, rasmiy variant ishonarli emasdek. Mabudaning narxi uni bo'laklab sotishdan bir necha o'n baravar qimmat ekanligini o'g'rilar yaxshi bilardi. Ammo uning sohibi kim? Taxminlarga ko'ra, sovrinni oligarx yoki arab shayxlariga sotib yuborilgan. Ammo bu faqat taxmin. Bu jinoyatga qo'l urganlarning haqiqiy hikoyasi hammasini ostin-ustin qilib yuborishi mumkin.


Ko'chirmaning ko'chirmasi

Taxminlarga ko'ra, 1966 yil Nikani Londondan o'g'irlab ketishganidan so'ng, sovrinni jamoatchilikka ko'rsatish uchun inglizlar FIFAdan kubokning ko'chirmasini tayyorlashga ruxsat so'ragan. Ammo rad javobini olishdi. Biroq Angliya futbol associaciyasi zargari Jorj Berd FIFAdan yashirincha sovrinning ko'chirmasini tayyorlaydi. 1966 yilgi jahon chempionatining final uchrashuviga policiyachilar ikkala kubokni olib kelishadi. Inglizlar g'olib bo'lishdi va ularning sardori Bobbi Murga originalni topshirishdi. Biroq keyin policiya uni almashtirib qo'ydi. Hech kim buni farqiga bormagan.

Qoidaga ko'ra, kubok g'oliblarda kelasi mundialgacha saqlangan. 1970 yilda sovrinni qayqtarish vaqti keldi. Inglizlar ikkilanib qolishdi: Asosiy sovrinni berish kerakmi yoki ko'chirmasinimi? Uzoq o'ylashmadi va FIFAga ko'chirma yuborildi.

Agar bu haqiqat bo'lsa, Pele 70 yilda boshi uzra jahon chempionati kubogining ko'chirmasini ko'targan.

Aynan shu "haqiqiy" sovrinni 1983 yilda o'g'irlab ketishdi. Original esa yashirib qo'yilgan... Ha-ha, krovat ostida. Bu safar zargar Jorj Berdnikida.

1995 yilda Berd vafot etdi va uning yaqinlari Nikani aukcionga qo'yishadi. Narxi qimmat bo'lmagan bronza haykalcha 254 500 funtga sotiladi. Juda katta pullar, to'g'rimi? Xaridor kimligini bilasizmi? FIFA.

Aukciondan so'ng mansabdorlar bu bor-yo'g'i ko'chirma ekanligini aytishdi. Kim ham ularga ishonardi. Bir necha kilogram bronza uchun chorak million funt beradigan ahmoq bormi? Yo'q, FIFAda bundaylar ishlamaydi.

Aytgancha, bu haykalcha Preston shahridagi (Angliya) futbol muzeyida turadi. O'sha tomonlarga borib qolsangiz, uni albatta ko'rgani boring. Agar bu navbatdagi ko'chirma bo'lmasa. Original oddiy odamlarning qo'li etmaydigan joylarda saqlansa kerak.

Bu safar - ishonchli qo'llarda.


Boshqa taxmin

Mabudani nemislar yashirib qo'yganmi?

Avval aytganimizdek, nemislar urush davridan beri Nika ortidan quvishardi. Ammo hamma harakatlar muvaffaqiyatsiz. Ikkinchi jahon urushidan so'ng nemislar uni qo'lga kiritishadi. Tekshiruv ishlarini olib borgan ingliz yozuvchilari Jim Linch va Jo Koyl aynan shunday fikrda.

1954 yilda Germaniya jahon chempioniga aylandi. Bundan so'ng Nika 4 yil GFRda saqlandi. 1958 yilda, navbatdagi jahon chempionatidan oldin nemislar kubokni FIFAga topshirishdi. Suratkash Jo Koyl 1958 yil mundial g'olibiga berilgan sovrin suratlarini o'rgandi. Uning taxminicha, nemislar kubokni almashtirib qo'yishgan. U biroz balandroq bo'lib qolgan. Kubok turgan taglik esa sezilarli darajada o'zgargan.

Nemislar Mabudani qaerga yashirishgan? Javob yo'q. Balki, u Germaniya futbol ittifoqining biror erto'lasidadir. Agar yozuvchilarning uydirmalariga ishonadigan bo'lsak, uni Argentinaga olib ketishgan va u erda sovrin 45-yil Berlindan Janubiy Amerikaga qochib ketgan qariya Gitlerning tumbochkasini bezab turgan. Siz bunday taxminni eshitganmidingiz?

Kecha esa juda ajoyib tarixga ega jahon chempionati kubogi yurtimizga keltirildi.

Rasmiy qoidalarga ko'ra, jahon chempionati sovrinini faqat mundial g'oliblari va mamlakat prezidentlari qo'lga olishlari mumkin.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика