So’nggi yangiliklar

21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  1 21:43Аёллар. Ўзбекистон Осиё кубоги саралаш босқичида Непални мағлуб этмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:00ПСЖ — "Бавария". Таркиблар маълум  29 20:55"Андижон" — "Бунёдкор" 0:1 (Матнли трансляция)  14 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  2 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   11 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  9 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   3 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10

Jahon chempionati-2018 uchinchi saralash bosqichiga 12 aprelda qura tashlanadi Yangiliklar

Jahon chempionati-2018 uchinchi saralash bosqichiga 12 aprelda qura tashlanadi

Rossiyada bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionatiga-2018ga Osiyo qitasi jamoalari saralashining uchinchi bosqichi uchun qura tashlash marosimi muddati malum bo'ldi.

Qura marosimi 2016 yilning 12 aprel sanasida, Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tadi.

Unda ikkinchi saralash bosqichidan o'tgan o'n ikki terma jamoa oltitadan ikki guruhga ajratiladi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinlarni qo'lga kiritgan to'rt jamoa Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Uchinchi o'rin sohiblari esa o'zaro o'yin o'tkazib, g'olib jamoa FIFA qaroriga ko'ra boshqa konfederaciya vakiliga qarshi saralashning so'nggi uchrashuvini o'tkazadi.

Takidlash kerakki, O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2018, ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so'nggi ikki o'yinni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o'tkazadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining 24 mart kuni bo'lib o'tadigan Filippinga qarshi uchrashuvi ham, Bahraynga qarshi 29 mart kuni bo'ladigan o'yin ham 18:00da start oladi.

Eslatib o'tamiz, so'nggi ikki o'yin oldidan O'zbekiston terma jamoasi olti uchrashuv o'tkazib, 15 ochko to'plagan holda guruhda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Guruhda hozircha 7 uchrashuvda 16 ochko jamg'argan KXDR terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика