So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  6 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  0 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

Jahlimni chiqaradigan "taxta". Karim Benzemaga 10ta etiroz Yangiliklar

Jahlimni chiqaradigan "taxta". Karim Benzemaga 10ta etiroz

"Klassiko"ni jinim suymaydi, biroq hamma do'stlarim buning aksi.

Bu o'yin boshlanishiga bir necha kun qolganda ular barda stollar band qilishadi va meni xuddi eng qiziq filmni ko'rgani ketishayotgandek chaqirishadi, ushbu uchrashuv haqida ilhomlanib gapirishadi, umuman olganda "Real" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin juda muhimligi haqida aytishadi.

Yalqov to'p uzatishlari va maydonda yurib (voy, kechirasiz, pozicion hujumlar) va kurashsiz o'yinlar jamlangan ispan futbolini hazm qila olmayman. Ekranda sodir bo'layotgan voqeadan ko'ra shirin taom tanovul qilish maroqliroq.

Bazilar Rakitich va Xordi Albaning uzatmasidan (qandaydir tika-taka) yoki Kroosning ahmoqona uzun paslaridan rohatlanishadi, ammo bu menga qiziq emas.

Biroq biror marotaba ispan klubiga muxlislik qilmagan bo'lsamda, LaLigadagi bir narsa ushbu mamlakat jamoalariga ishqibozlik qiladigan odamlardek hissiyot uyg'otadi.

Yo'q, bu Krishtianu Ronalduning yoki Lionel Messining ajoyib va takrorlanmas gollari emas (ulardan ilhomlanmayman). Undanda kattaroq (salbiy) emociya beruvchi futbolchi bor.

Uning ismi Karim Benzema. "Qirollik klubi" muxlislari "futbolchi" deb chaqiradigan Benzemaga 10ta etirozim bor.

Boshladik.

10. Haddan tashqari ko'p maqtalgan

Karim Benzema haqida sayyoramizning barcha nuqtalarida bilishadi. Odamlar uning futbolkalarini sotib olishadi, FIFAda (kompyuter o'yini) o'z jamoasiga qo'shib qo'yishadi. Futbol muxlislarning barchasi uni tanishadi. Lekin Pako Alkaser yoki Lyakazett yoki Jezus kabilarni hamma ham bilmaydi, Benzema esa aksi.

U Edinson Kavani, Edin Jeko, Per-Emerik Obameyyang yoki Luis Suareslar bilan birga "Oltin to'p" davogarlari ro'yxatiga kiradi. Bu guruhni aytganimning sababi - ularning barchasi markaziy hujumchi. Agar siz ushbu gaplarni oxirigacha o'qib chiqsangiz, Benzema bu ro'yxatda ortiqcha ekanligini tushunasiz.


Zidan Benzemani "jahonning eng yaxshi hujumchisi" deb ataydi va sabr qilishni so'raydi. Zidan noholis emasga o'xshaydi. Bir kuni do'stim Karimni - Zidanning noqonuniy o'g'li deb aytgandi. Avval rosa kuldim, lekin keyin...


9. Bog'lanib qolgan

Yo'q joydan vaziyat yaratadigan futbolchilar bor.

Eslang. Jamoa vaziyat yarata olmayapti, bo'sh zonalar yo'q, himoyadan chiqish qiyin. To'pni oldi, birinchi, ikkinchisini aldadi va aylanma zarba berib to'qqizlikni nishonga oldi - gol. Karim Benzema ismi bilan shu gaplarni ayta olasizmi. Iguain emas, Dibala emas, Suares emas. Aldamang, buning iloji yo'q.

Benzema bilan hikoya boshqacha bo'ladi. Zarba, yana zarba, xato pas, bir metrdan ustunni poylash, yiqilish, turish, xato. "Espanol"ni yirik hisobda mag'lub etishdi, u oltinchisini urdi. Ronaldu "Rayo Valekano" bilan bahsda xet-trik qayd etdi, Karim to'rtinchisini urdi. CHempionlar ligasida 56ta zarba, ularning 40tasi Benzemaniki, birortasi aniq emas, 65-daqiqada u maydonni tark etadi va gol.


To'xtang, shu gaplarni o'qiyotgan telefoningizni sindirmang. Zidan iltimos qilgan edi-ku, "sabr". Sabr qilib, davom etamiz.


8. Irodasiz

Meni nohaqlikda ayblashdan oldin "Real"ning o'tgan mavsum CHempionlar ligasi pley-offidagi barcha uchrashuvlarini eslang.

1ta gol ("Napoli"ga qarshi 1/8 final ilk o'yinida), 0 golli pas.

Klubning barcha muhim o'yinlari Benzemasiz o'tdi. Yo'q, bu manoda emas. U maydonda edi.

Nima? Omadsiz mavsum? Yaxshi. 2015/16 mavsumga ham etibor bering.


Pley-offda 0+0.


7. Terma jamoa

Terma jamoa - bu Karim Benzemaga bo'lgan katta etiroz. Terri Anri Franciya terma jamoasini tark etganidan so'ng, hujumda ananaviy "yovvoyi hayvon" qolmadi. Na Gomis, na Jinyak, na Gameyro, na Marsyal bu borada Benzema kabi - ular ham "eplay olishmaydi".

Evro-2012, JCH-2014 - bu turnirlarda Benzema yangi etakchi kabi "olov yoqishi" kerak edi. Biroq ikki safar ham uning terma jamoasi chorak finalda chiqib ketdi, u esa "soqov" bo'lgan (kerak paytda gol urmagan). Bu terma jamoa ko'rsatgan eng yaxshi natija Evro-2016da bo'lgan - u erda Benzema umuman yo'q edi.


Yana uzoq vaqt bo'lmasa kerak. Bu jin urgur Valbuena bilan bog'liq tovlamachilik ishida aybdorlarda biri edi va shundan so'ng uni terma jamoadan haydab yuborishdi. Bu terma jamoa uchun yomon deya olmayman.


6. Qiyshiq

Benzemada g'azabni keltiruvchi sifat bor - qiyshiqlik. Tomash Necid, Mario Gomes, Niklas Bendtnerning o'yinini kuzatganlar buni yaxshi bilishadi.

Bu futbolchining har ikkinchi harakatining xaylaytlardan kesib tashlashdek gap. Bu odam tanasini boshqara olmaydi va xuddi ko'chada futbol o'ynayotgan semiz bolakayga o'xshaydi.


5. Sekin

Benzema kabi hujumchilarda tezlik bor. Suares, Dibala va Aguero bemalol bir sapchishda himoyachilardan qochib ketishadi. Benzema buni bayram kunlari va himoyachilar uni yotib kutib olganda bajaradi. Boshlang'ich tezlik - Karimning kuchli sifati emas.


"Real"da u uchun boshqalar yugurib berishadi - Ronaldu, Asensio, Beyl. Benzema esa jarima maydonchasiga boradi. Pas qabul qilish yoki zarbadan qaytgan to'pni tepish uchun.

Bir "ammo" bo'lmaganida, uning portlovchi qo'zg'alishi yo'qligini kechirish mumkin edi.

Unda boshqa kuchli sifatlar ham yo'q.


4. Umuman yorqin emas

Top-forvardlarning sifatlari turli xil bo'ladi. Bosh bilan o'ynash, dribling, uzoqdan zarba, ochilish. Benzemada bularning qay biri bor? Yoki top-hujumchilar bilan raqobat qila oladigan sifatga egami?

To'g'ri, hech narsa, chunki u...


3. Barcha analoglaridan eng yomoni

Robert Levandovski, Luis Suares, Per-Emerik Obameyyang, Garri Keyn, Gonsalo Iguain, Diego Kosta, Edinson Kavani, Edin Jeko, Radamel Falkao - ularning barchasi Benzemadan yaxshiroq.

Bilasizmi nega?


2. Juda kam gol uradi

"Oltin to'p" uchun nomzodlar orasida bo'lgan Benzema 2016/17 mavsumda 48ta uchrashuvda 19ta gol urdi. Bu har bir o'yinda 0,4tadan gol.

Oldinroq, Benzemadan yaxshiroq deb (menga qani isbot deyishni boshlagandirsiz) eslab o'tilgan barcha futbolchilar franciyalikdan ko'proq (o'rtacha har bir o'yinda ham) gol urishgan.

Levandovski – 43 (0.9 – o'rtacha har o'yinda, 2016/17 mavsum);

Suares – 37 (0.7);

Obameyang – 40 (0.9);

Keyn – 35 (0.9);

Iguain – 32 (0.6);

Kosta – 22 (0.5);

Kavani – 49 (1);

Jeko – 39 (0.8);

Falkao – 30 (0.7);

Ha, aytgancha, bu futbolchilar to'p tepadigan qaysi jamoa o'tgan mavsum Evropada eng kuchli bo'ldi?


1. Almashtirilmaydigan

Asosiy etiroz Karim Benzemaga. U uzoq yillardan beri Evropaning eng yaxshi klubining almashtirilmaydigan forvardi bo'lib olgan. Uni na Morata, na Iguain, na CHicharito, na Adebayor tarkibdan siqib chiqara olmadi. Raul va Ronaldo kabi o'ynagan klubda hamma franciyalikdan mamnun ko'rinadi.

CHunki "Real"ning Levandovski va Keynga bo'lgan qiziqishi mish-mishligicha qolmoqda.


CHunki Benzema yana va yana asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.

CHunki u yana va yana individual sovrinlarni qo'lga kiritmoqda.

Sizchi, siz gaplarimga qo'shilasizmi?

Footballhd.ru saytidan tarjima qilindi

Reyting: -56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика