Jafar Irismetov "Neftchi" sport direktori sifatida ishlaydi
14 dek 2023 14:36
Yangiliklar
Jafar Irismetov "Neftchi" sport direktori sifatida ishlaydi
Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
O'zbekiston chempionatlari tarixida bir mavsumda eng ko'p gol urgan (45 ta) sobiq futbolchi "Neftchi"da faoliyat yuritadi. Avvalroq uning "Dinamo" jamoasida ishlashi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Malumot uchun, Irismetovning so'nggi ish joyi Toshkentning "Paxtakor" klubi bo'lib, u may oyida istefoga chiqqan edi. U "sherlar" bilan ichki musobaqalarda barcha sovrinlarni yutishni uddalagan.
Fikrlar