So’nggi yangiliklar

16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  5 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  15 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  2 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15

Jafar Irismetov: “Londonda Romancev baqirgandi: Nega unga to'p oshirmayapsizlar?” Yangiliklar

Jafar Irismetov: “Londonda Romancev baqirgandi: Nega unga to'p oshirmayapsizlar?”

2001 yil “Spartak” bilan klub tarixidagi hozircha oxirgi oltin medallarga ega chiqqan hujumchi Jafar Irismetovni o'zbeklar Indzagi deb atashardi.

2001 yil qishda Oleg Romancevni Isroildagi yig'inda va jamoa muxlislarini “Hamdo'stlik Kubogi”da ijobiy taassurotda qoldirgan Irismetov keyinchalik CHempionlar ligasida Oliver Kan darvozasi tomon chalqancha zarba berib, Londonda Eshli Koul va Toni Adamsga qarshi harakat qilgan. “Sport Ekspress” nashri muxbiri hamyurtimizga qo'ng'iroq qilib, uning klubdagi faoliyatiga oid turli savollar bilan murojaat qildi.

- “Spartak” chempionmi, Jafar?
- Ha va bu katta bayram! Menga hozir O'zbekistonda barcha qo'ng'iroq qilib, tabriklamoqda. “Zenit” va CSKA bilan o'yindan keyin ularning soni ortdi. Joriy mavsum “Spartak” juda quvontirdi. Klubdan ketganimdan so'ng ham u bilan aloqani his qilganman. Bu muddat qisqa, lekin juda yorqin bo'lgan. Keyin qaerda o'ynashimdan qati nazar “Spartak” ishqibozlari men haqimda iliq fikrlar bildirishgan. Kim bilandir haligacha yozishaman, kimgadir futbolka yuborganman. SHu sababli bu mening ham bayramimdir!

- Nima uchun “Spartak” 16 yil g'alaba qozona olmadi, ammo hozir buning uddasidan chiqdi?
- Tartib va himoya paydo bo'ldi. To'p bilan jamoa hamisha yaxshi o'ynagan, lekin Karrera himoyani kuchaytirdi. Natijalarga qarang – 1:0, 2:0. Italyanlar shunday. Uch ochko bor va bu yaxshi. Murabbiy natija uchun ishladi. Eng muhimi – “Spartak”da hozir bir kishi hamma uchun va hamma bir kishi uchun ishlamoqda. Bu O'zbekistondan ham ko'rinib turibdi!


- Ko'p o'yinlarni tomosha qildingizmi?
- Qaysidirlarini ko'rdim. Alenichevning ishini kuzatish qiziq bo'ldi, ammo u salgina yumshoqroq, fikrimcha. Unga Karrera olib kelgan jihat etishmadi – jamoaviy masuliyat ruhi. Hozir “Spartak” – bir jamoa.

- Xuddi sizlar paytdagidekmi?
- Biz bilan Romancev ishlagan va bu hammasini aytib turibdi. To'g'risi, jamoada biz turli guruhlarga bo'lingandik va qalin do'stlar emasdik, ammo mashg'ulotlarda murabbiyning obro'si sababli qattiq ishlardik. Bazadan tashqarida esa bunday ahillik yo'q edi. Menimcha, hozirgi “Spartak” 2001 yildagiga nisbatan ahilroq.

- 2001 yilgi “Spartak” qanday edi?
- Men uchun yopiq. Faxriylarda o'z guruhi bor edi – Titov, Parfyonov, Pisarev. Men ko'proq yoshlar bilan birga yurardim. Kattalardan faqat Baranov va Filimonov yaxshi munosabatda bo'lishgan, boshqalar unchalik emas. Mashg'ulotlarda ham hech kim ishlatmasdi, buni o'zim xohlagan bo'lsam ham. O'yinni hech kim bilan tahlil qilmasdik. Pisarev intervyusida Irismetovning o'sishiga yordam beraman deb aytgan, biroq aslida yordam bermagan. Mashg'ulotlarda bu sezilib turardi.

- Oyoqlarga zarba berishganmi?
- Yo'q, bu borada hammasi joyida bo'lgan. Bo'lsa ham bu g'azab tufayli emasdi. O'sha Kovtun ham hayotda yumshoq inson edi. “Spartak” texnik futbol o'ynagani uchun juda qo'pol yigitlar ko'p bo'lmasdi.

- Unda muammo nimada bo'lgan?
- Agar ikki futbolchi ochiq turgan bo'lsa, unda to'p oshirish tanlovi menga emas, boshqa o'yinchi foydasiga tanlangan. Yugurasan, ochilasan, to'pni esa olmaysan. Londonda “Arsenal” bilan o'ynaganimizda tanaffusda Romancev baqirgandi: “Nega unga to'pni oshirmayapsizlar?” O'shanda gap nimadalagini tushunmasdim, vaqt o'tishi bilan angladim: raqobat. Baribir men begona edim – O'zbekistondan kelgandim, hech kimni bilmasdim va guruhga kirmasdim. Jim ishlagan holda bunga etibor qaratmadim. Balki, o'zimni sal ochiqroq tutishim kerak bo'lgandir.

- Lekin sizda imkoniyat bo'lgan: CHempionlar ligasida bir necha uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagansiz.
- Bo'lgan, bahslashmayman. Biroq necha o'yinda imkon berishgan? Ko'p emas. Boshqa legionerlarga yillab sabr qilishardi.


- Myunxendagi o'yindan oldin Romancevning ko'rsatmasini eslaysizmi?
- Tarkibni elon qilishda familiyamni aytishganda dastlab ishonmagandim. Hayron bo'lgandim. Zaxiradan o'rin olib, o'yinni o'tirib tomosha qilganimda ham xursand bo'lardim. Keyin o'yladim: “Meni tanlashgan ekan, tinchlanish lozim va qo'limdan kelgancha o'ynashim kerak”. O'ylashimcha, o'sha bellashuvda yaxshi ko'ringanman.

- “Sport Ekspress” sizni o'sha bellashuvda “Spartak” tarkibida eng yaxshi o'yinchi deb etirof qilgan va yutqazilgan o'yin uchun 6,5 ball qo'ygan. SHeriklaringiz nima deyishgan?
- Hech narsa, barcha xonasiga kirib ketgan. Aytarli biror narsa bo'lmagan.

- 2001 yil “Spartak” 15 yildan ortiq chempion bo'la olmasligini tasavvur qila olarmidingiz?
- Jamoadan ketganimda yomon narsani sezgandim. Xuddi kun botishi kabi. Tushunarsiz transferlar boshlandi, duch kelgan o'yinchini olishga o'tishdi. Bunday o'tishlarda SHikunov asosiy rolni bajargandi. Bir yildan keyin jamoa CHempionlar ligasida sharmandalikka uchradi. Era tugab borayotgani tushunarli bo'lib qolgandi.

– Xotirangizdagi eng g'alati legioner kim?
– Yigitlarni xafa qilishni istamayman, ammo ro'yxatga o'zingiz qarang. Nima uchun bir yaxshi futbolchini sotib olish mumkin bo'lgan holatda besh-o'n shubhali odamlarni olib kelishdi? O'zbekistonda “Bunyodkor”ga Rivaldo kelganda hamma kulgandi, ammo men uning yonida o'sishga intilgan qancha yigitlarni ko'rdim. 36-37 yoshda ham mashg'ulotlarda ishonib bo'lmas narsalarni amalga oshirgan. “Spartak” Rivaldoni sotib olganda foydaliroq bo'lardi.

– Vaqt o'tishi bilan legionerlar saviyasi o'sdi, to'g'rimi?
– Ha, ammo haqiqiy yulduzlar baribir kamroq. Hammadan ko'proq Aleks yodimda qolgan. Hozir esa Promes ajralib turibdi. Ajoyib futbolchi.

– Hozirgi Rossiya chempionatida 2001 yilgi Irismetov yo'qolib qolmasmidi?
– Agar yordam berishsa, yo'qolib qolmasdim. Har qanday hujumchiga yordam berish kerak, agar u Messi bo'lmasa. Men Messi emasman-ku! Biroq hozir o'yinni o'ziga olishga tayyorlar kam. Hujumchi 2-3 raqibni aldab o'ta olishi kerak. Bundan qo'rqmasdim, hozirgi yigitlar esa qo'rqishadi. Barchaga taktik sxemani o'rgatib, individual mahorat o'sishiga yo'l qo'yishmayapti. Hujumchini qolipga solib bo'lmaydi, u ijodkor bo'lishi shart. Rossiya terma jamoasini oling. Kokorin, Smolov – yomon hujumchilar emas, biroq ijodkorlar sanalmaydi. Boshqa tarafdan ular bilan talab qilingandek gaplashish kerakmi?

– Bu yordam beradimi?
– “Spartak”ka yordam berdi! Italiyaliklar qaysi tomondan kuchli? Ruhiyat! Jamoani birlashtirish va o'yinchilarni o'ziga ishonishga majbur qilish muhim bilim. Romancev – buyuk, ammo 2001 yilda u futbolchilardan ajralib qolgandi. O'zimning misolimda gapiryapman. Maydonga tushishni yoki u bilan suhbatlashishni juda xohlardim, lekin menga hech kim hech narsani tushuntirib bermagan. Ko'p vaqt o'tgani sari kayfiyat shunchalik yomonlashib borardi. Yakunda qo'llarimni tushirdim. Suhbat katta ahamiyatga ega. “Anji”ga kelganimda Gadji Gadjiev shunday so'zlarni topdiki, yana futbol o'ynashni istab qoldim.

– Romancev bunday so'zlarni topmaganmi?
– Uchrashuv tashkil qilishga erishdim, besh daqiqacha suhbatlashdik. Keyin u meni SHikunovning oldiga jo'natdi. Bosh murabbiy Romancev edi, SHikunov emas. O'shanda meni nega chempionatga zayavka qilishgani tushunarsiz. Aytarli imkon berishmadi. CHempionlar ligasidan so'ng xayrlashish mumkin edi. Takliflar bo'lganini bilganman. Masalan, “Bavariya” bilan uchrashuvdan keyin “Kyoln”dan qiziqish bo'lgan. Biroq rahbariyat menga bu to'g'risida biror narsa aytmagan. Vaqt o'tgach, kech bo'lgandi. O'zbekiston terma jamoasi bilan Germaniyaga yig'inga borganimda odamlar nega “Kyoln”ga rad javobi berganim haqida so'rashgan. Men esa bilmaganman. Nimayam derdim, taqdirda shunday ekan.

– O'sha jamoadan kimlar bilan aloqani saqlab qolgansiz?
– Mjavanadze va Monaxov bilan yozishib turamiz. Avval Baranov bilan gaplashib turardim, biroq aloqani yo'qotdik. Tilla bola, jamoa yuragi va yaxshi hazillashardi! U hamisha menga to'p oshirardi.

– Kimlar to'p oshirmasdi?
– Robson, mening raqobatchim. Myunxendagi o'yin ko'z oldimda turibdi. “Bavariya” darvozasiga yaxshi hujum ketmoqda, unga jarima maydoniga to'p oshiryapman, o'zim ochildim va to'pni kutyapman. Qaytar va gol uraman. U esa o'zi hal qilmoqda. Ehtimol, o'shanda to'p kiritganimda barchasi boshqacha ketishi mumkin edi.

– O'sha o'yinlarni tez-tez ko'rib turasizmi?
– Oxirgi yillarda deyarli yo'q. Gollarim va yaxshi harakatlarimni bir diskka yiqqanman. Farzandlarim ko'rib o'rganishsin uchun.


– Sizda chempionlik medali bormi?
– Afsuski, yo'q. Bilmayman, menga mumkinmi yoki yo'q, ammo unga ega bo'lish yoqimli bo'lardi. Hech yo'g'i o'zim uchun – uyga yorqin sahifa sifatida osib qo'yardim. Qariganimda eslab o'tiraman. Biroa bazida rahbarlar odamlar bilan emas, narsalar bilan ishlashadi. Bu afsuslanarli.

– Siz murabbiylik qilsangiz, qanday futbolni jamoangizga o'rgatardingiz?
– Albatta, “Spartak”cha o'yinni. Romancev davrida gullagan, 90-yillardagi futbolni. Cimbalar, Kechinov o'ynagan paytdagi jamoa muxlisi edim. Barcha uchrashuvlarni ko'rardim. Unday iqtidorlar hozir yo'q.

– Ijrochilar yo'q bo'lsa, bunday futbolni qanday o'ynash mumkin?
– Jamoaviy harakatlar evaziga. Iqtidor etishmasligi mumkin, ammo insonga maydonda o'ylashni o'rgatsa bo'ladi. Zamonaviy futbolda jamoalar ko'proq himoyadan o'ynashadi, ammo menga romantik uslub yoqadi. “Barselona” eng yaxshi paytlarida qo'llagan uslub. CHiroy va natijani birlashtirish mumkinligiga ishonaman.

– Romancev dam olmoqda. Hozirgi murabbiylardan kimlar ilhomlantiryapti?
– Agar Rossiya va hamdo'stlik davlatlari haqida gapirsak, Qurbon Berdiev. Osiyolik murabbiylar u o'rnak hisoblanadi. Qurbon Bekievichning oldiga malaka oshirishga borgan bo'lardim. Nimalar deyishi va ishlashini ko'rish qiziq bo'lardi. U mentalitetimizni tushunadi, ko'p narsa bera oladi. Ehtimol, qachondir suhbatlashish nasib etar.

– Ayni paytda jamoangiz bormi?
– Hozircha yo'q, o'qishni reja qilganman. Toshkentning “Obod” klubida ishladim, ammo “Pro” licenziyasini olishim lozim.

– “Spartak” ishqibozlariga nima deysiz?
– Ularni yaqinlashayotgan g'alaba bilan tabriklayman! Muvaffaqiyat oxirgisi bo'lib qolmasin. CHempionlar ligasida jamoa yaxshi ishtirok etsin. Televizor orqali ko'rib, jamoa uchun qayg'uramiz. Bazida men haqimda eslab, yozishlaridan xursandman. Barcha muxlislarga rahmat! Baribir “Spartak” – hayotning bir qismi. Haligacha bilishadi, so'rashadi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика