Izlanishlar o'z samarasini berdi: “Hatayspor” legioneri vayronalar ichidan chiqarib olindi. U jarohat olgan
07 fev 2023 08:30
Yangiliklar
Izlanishlar o'z samarasini berdi: “Hatayspor” legioneri vayronalar ichidan chiqarib olindi. U jarohat olgan
5 fevral kuni Turkiya Superligasi doirasida “Hatayspor” Kristian Atsuning 90+7-daqiqada urgan goli evaziga “Kasimpasha” ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozongandi.
6 fevral kuni esa Turkiya tarixidagi dahshatli zilzilalardan biri yuz berdi va bu Hatay shahri hududini ham chetlab o'tmasdan qolmadi.
Oqibatda “Hatayspor”ning bir qator azolari ham qulagan binolar ostida qolgan va ular qutqarib olingandi. Ammo Atsu topilmayotgan edi. Uzoq izlanishlar natijasi u vayronalar ichidan chiqarib olindi. Qayd etilishicha, ganalik yarim himoyachi nafas olishda qiynalmoqda va uning o'ng oyog'i jarohat olgan. APLdagi o'yinlari orqali ko'pchilikka tanish bo'lgan Atsu zudlik bilan shifoxonaga yuborilgan.
Turk fojiasi. Zilzila ostida qolgan Xatay klubi Abdixoliqovni transfer qilmoqchi edi
Fikrlar