Iyunda FIFA prezidentligi uchun saylov bo'lib o'tadi. Ko'plab federaciyalar Infantino tomonda
04 fev 2019 15:53
Yangiliklar


Iyunda FIFA prezidentligi uchun saylov bo'lib o'tadi. Ko'plab federaciyalar Infantino tomonda
FIFA prezidentligi uchun saylovlardan oldin tashkilot rahbari Janni Infantinoni 196 federaciya qo'llab-quvvatlamoqda.
Malum bo'lishicha, Infantinoning saylovlardagi yagona raqibi "Tottenxem" va SHveycariya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ramon Vega bo'ladi.
Nomzod bo'lish uchun arizalar 5 fevralgacha qabul qilinadi. 5 may kuni FIFAga kiruvchi tashkilotlarga nomzodlar haqida so'nggi malumot beriladi. FIFA prezidentligi uchun saylov joriy yilning 5 iyun kuni Parijdagi kongressda bo'lib o'tadi.
Infantino 2016 yilning fevralidan beri FIFAni boshqarmoqda. O'shanda u 207tadan 115ta ovoz yig'ib, tashkilot prezidentiga aylangan edi.
O’xshash yangiliklar
07:10
APL. "Arsenal" navbatdagi uchrashuvida durang o'ynadi. "Liverpul"ning chempionligiga bir ochko qoldi 10

Fikrlar