So’nggi yangiliklar

12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  15 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10

Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni – Eldor Suyunov Yangiliklar

Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni – Eldor Suyunov

Bilasiz, O'zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon championat.asia bilan oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so'rovnomada Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnoma orqali qabul qilindi.

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo'lib o'tdi. SHu sababdan Superligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o'yini tashkil etildi. SHuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so'rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo'lar edi. SHu tariqa bu safar iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlari yakunlariga ko'ra eng yaxshilar aniqlandi.

Ortda qolgan 6 ta tur uchrashuvlari davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o'yin namoyish etib, muxlis va mutaxassislar olqishlariga sazovor bo'lishdi. Ular ichidan 4 nafar saralab olingan nomzodlarga Superliga klublari bosh murabbiylari, sardorlari hamda PFL saytida muxlislar ovoz berishdi. Yakunda esa Eldor Suyunov eng ko'p ochko jamg'ardi. Ikkinchi pog'ona Sanjar Quvvatovga, uchinchi o'rin esa Milan Mitrovichga nasib etdi.

Diqqatga sazovor jihati shundan iboratki, Eldor Suyunov bunga qadar 3 marta oyning eng yaxshisi bo'lish uchun davogarlar qatoridan o'rin olgan va har safar yakunda kamroq ovoz to'plagan edi. Iyul oyi yakunlariga ko'ra esa aynan Suyunov eng ko'p ovoz yig'ishga muvaffaq bo'ldi.  



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика