So’nggi yangiliklar

23:43Франция чемпионати аутсайдерида мураббий истеъфога чиқарилди  0 23:16Варди энг яхшиси!  1 22:46Эшитдик-да! "Арал" Суперлигага чиқса, футболчиларга автомобил берилади  7 22:30"Челси" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  2 22:13Ҳиндистонда Мессига ҳайкал қўйилади  4 21:59"Нефтчи" мураббийлар штабида Греция ва молдовалик мураббийлар иш бошлайди  5 21:44Ҳоланд Салоҳни шарманда деган Каррагер ҳақида: "Уни кўрсам асабим бузилади"  7 21:11Жошуа Киммих: "Тиғиз тақвимдан нолишга бизнинг ҳаққимиз йўқ"  0 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  6 20:35Расман: "Динамо" Жалолиддин Жумабоев билан шартномани узайтирди  2 20:15Эвра: "Аморим "Манчестер Юнайтед" учун жонини беришга тайёр"  3 19:53"Интер" ҳимоячиси йил охиригача сафдан чиқди  1 19:38Расман: "Динамо" Санжар Қодирқулов билан шартномани узайтирди  3 19:19Расман: Олександр Кучеренко - "Локомотив" футболчиси  4 18:57Манба: "Милан" Алиссон билан шартнома тузмоқчи  3

Iyul oyida Axbor Imomxo'jaev xotira turniri bo'lib o'tadi Yangiliklar

Iyul oyida Axbor Imomxo'jaev xotira turniri bo'lib o'tadi

Roppa-rosa bir yil muqaddam o'zbek futboli jurnalistikasining asoschisi Axbor Imomxo'jaevni xotirlab, uning izdoshlari tomonidan futbol musobaqasi tashkil etilgandi.

Unda Axbor ota hayotlik davrida faoliyat olib borgan soha vakillari ishtirok etgani etiborga molik.

Sir emaski, Imomxo'jaev mamlakat futboli rivojiga katta hissa qo'shgan. U o'z vaqtida O'zbekiston futbol associaciyasida faoliyat olib borgan, futbol hakamligida o'ziga xos yutuqlarga erishgan, Liga uchrashuvlarida komissar sifatida ishlagan, matbuot, radio, televidenieni bu insonsiz tasavvur qilish qiyin edi. Qahramonimiz 80 yoshdan oshgan vaqtida ham sog'lom turmush tarizini targ'ib qilishda davom etdi hamda “Tong” faxriylar jamoasi safida haftasiga 3 marotaba futbol o'ynardi.

2 iyul — xalqaro sport jurnalistlari kuni butun dunyoda keng nishonlanadi. Imomxo'jaevlar sulolasi aynan shu sana atrofida ananaviy tarzda xotira turniri tashkil etishni maqsad qilgan. Mamlakatimizda futbol mavsumi 6 iyul kuni tanaffusga chiqadi. Tanaffusning ilk kunida esa ikkinchi bor Axbor Imomxo'jaev xotira turniri bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada Championat.asia sayti xodimlaridan tuzilgan jamoa ham ishtirok etadi.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика