So’nggi yangiliklar

01:00АПЛ. "Эвертон" — "Манчестер Юнайтед" 0:0 (матнли трансляция)  1 00:17"Бу — шармандалик!" — Паулу Фонсека Трампга Тинчлик мукофоти берилгани ва ЖЧ-2026 АҚШда ўтишига қарши чиқди  1 00:00"Эвертон" — "Манчестер Юнайтед": Таркиблар маълум!  6 23:25"Милан" футболчиси жағ қисмидаги синиш сабаб узоқ муддатга сафдан чиқди  2 22:52Можаро авжида: Престианни Мбаппе ва Винисиусни судга бермоқчи!  12 22:19"72 йил давомида ҳакамлар бошлиғи "Реал" одамлари бўлган!" — Лапорта "Негрейра иши" бўйича баёнот берди  12 21:52"У 10 нафар футболчини алмаштирмоқчи эди" — Лапорта Хавининг истеъфоси ҳақидаги ҳақиқатларни очиқлади  9 21:20"Роналду ЖЧни ютмаса ҳам тарихдаги энг буюги бўлиб қолаверади" — Роберто Мартинес  8 20:47Моуринью яна "бойкот" эълон қилди: "Special One" Мадриддаги матбуот анжуманига кирмайди  8 20:32ФИФАдан янгилик: Энди жароҳат олган футболчилар майдон ташқарисида 1 дақиқа қолишга мажбур бўлади!  7 20:02Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Ривожланиш Кубогида бронза медалига эга чиқди  5 19:49"Бунёдкор" "Шўртан" билан дуранг ўйнади  2 19:34Расман: Престианни дискриминацион хатти-ҳаракат сабаб "Реал"га қарши навбатдаги ўйинда иштирок этмайди  29 19:12"Ювентус" мартда Влахович билан учрашув ўтказади  1 18:43Мбаппе ПСЖга қарши судда ғалаба қозонди  7

Ixtiyor Karimov: “Muxlislarimiz yordamiga ishonamiz” Yangiliklar

Ixtiyor Karimov: “Muxlislarimiz yordamiga ishonamiz”

G'uzorda bo'lib o'tadigan “SHo'rtan” va “Olmaliq” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan oldin ananaga ko'ra, murabbiylar fikri bilan ham qiziqdik.

Jumladan “Oq bo'rilar” jamoasida bosh murabbiy vazifasini vaqtinchalik bajarayotgan Ixtiyor Karimovning fikrlari quyidagicha bo'ldi: 

"Eng birinchi galda, barcha jamoalarga bo'lgani kabi, “Olmaliq”ga nisbatan ham o'z hurmatimizni bildirib qolamiz. Jamoa mamlakat futbolida o'z o'rni, obro'si va mavqeiga ega. 

Biz bilan olmaliqliklar o'rtasida hozirgi kunga qadar kechgan barcha bahslar keskin va qizqarli kurashlar ostida, jangovor ruhda o'tgan. Eng muhimi muxlislar zavq olishgan. O'ylaymanki, bu ikki jamoaning bugungi “to'qnashuvi” ham xuddi avvalgi yillardagi scenariy kabi o'tadi. 

Natija haqida gapiradigan bo'lsam, barcha birdek ijobiy natija uchun harakat qiladi. Omad va uning ortidan keladigan g'alaba kuchlilarga kulib boqadi. 

G'uzorda, o'z muxlislarimiz ko'z o'ngida, ularning qo'llab-quvvatlashlari ostida to'p surishimiz jamoamizga o'zgacha kuch bag'ishlaydi. Aynan mana shu kuch, dalda yutug'imiz yo'lida muhim ahamiyat kasb etadi. Biz muxlislarimizga ishonamiz, ular esa bizga. Ishonchni oqlash uchun esa bor kuchimizni faqat g'alaba qozonishga qaratamiz. 

Tarkibda hech qanday muammo yo'q. SHogirdlarim bugungi uchrashuvga jangovor holda, g'alaba ishtyoqida shay holatda turishibdi. Ayniqsa, jismoniy tarafdan ishlarimiz ko'ngildagidek bormoqda. Xabaringiz bor, yaqinda murabbiylar guruhimizga tajribali mutaxassis, Osiyo futbol Konfederaciyasining murabbiylarni o'qitish bo'yicha amaldagi instruktori, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha bir qator xalqaro kurslar ishtirokchisi Zoir Hasanov kelib qo'shildi. U bundan buyon “SHo'rtan”da futbolchilarimizning jismoniy tayyorgarligiga masul sifatida ish olib boradi" - deydi Ixtiyor Karimov.

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика