So’nggi yangiliklar

19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - ОКМК  1 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  3 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  0 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   11 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  5 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0 15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  3 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  1 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  10 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  2 14:20Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади?  10 14:00Достонбек Тўхтабоев: "Нефтчи"нинг кучли томонларини тўхтатишга тайёр эдик"  1 13:42Ротен ПСЖдаги Месси ҳақида: "Пиёда юрарди, ўзини бағишламасди. Бу ҳақда сукут сақлаганларнинг ҳаммаси эркак эмас"  23

Ixtiyor Karimov: “Har bir uchrashuvda maksimal natija uchun kurashamiz” Yangiliklar

Ixtiyor Karimov: “Har bir uchrashuvda maksimal natija uchun kurashamiz”

G'uzorda bo'lib o'tadigan “SHo'rtan” hamda “Paxtakor” jamoalari uchrashuvidan oldin mezbon jamoada vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarib turgan Ixtiyor Tog'aevich quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:
-   Har ikki jamoaning turnir jadvalidagi egallab turgan o'rni va to'plagan ochkolaridagi farqni hisobga olmaganda, “SHo'rtan”ga ham, “Paxtakor”ga ham ochkolar suv va havodek zarur. Masalan biz xavfli hududni tark etib, yuqoriga intilmoqdamiz va o'z mavqeimizni yanada mustahkamlash yo'lida boryapmiz. Mavsum boshidagi omadsizliklar ortda qoldi va bu haqda umuman o'ylayotganimiz yo'q. Rejalarimiz tubdan o'zgarib ketdi. Endigi maqsadimiz faqat yutuq va oldinga chiqib borish. Bu esa har bir uchrashuvda maksimal natijaga erishishni talab etadi.  

Raqibimiz - “Paxtakor” mamlakatimizning eng nomdor va bayroqdor jamoasi, har tomonlama hurmatga sazovor. Yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, toshkentliklar ham bu yilgi mavsumni biroz notekis boshlagan edi. Lekin so'nggi turlarni yana ijobiy natijalar bilan yakunlashmoqda. Tabiiyki, mehmonlarimiz ham G'uzorga  ochko olish maqsadida tashrif buyurishadi.

O'z navbatida biz ham qarab turmaymiz. Bir so'z bilan aytganda, keskin va qiziqarli kurashlarga boy va zo'r uchrashuv bo'ladi.

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика