- Har ikki jamoaning turnir jadvalidagi egallab turgan o'rni va to'plagan ochkolaridagi farqni hisobga olmaganda, “Sho'rtan”ga ham, “Paxtakor”ga ham ochkolar suv va havodek zarur. Masalan biz xavfli hududni tark etib, yuqoriga intilmoqdamiz va o'z mavqeimizni yanada mustahkamlash yo'lida boryapmiz. Mavsum boshidagi omadsizliklar ortda qoldi va bu haqda umuman o'ylayotganimiz yo'q. Rejalarimiz tubdan o'zgarib ketdi. Endigi maqsadimiz faqat yutuq va oldinga chiqib borish. Bu esa har bir uchrashuvda maksimal natijaga erishishni talab etadi.
Raqibimiz - “Paxtakor” mamlakatimizning eng nomdor va bayroqdor jamoasi, har tomonlama hurmatga sazovor. Yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, toshkentliklar ham bu yilgi mavsumni biroz notekis boshlagan edi. Lekin so'nggi turlarni yana ijobiy natijalar bilan yakunlashmoqda. Tabiiyki, mehmonlarimiz ham G'uzorga ochko olish maqsadida tashrif buyurishadi.
O'z navbatida biz ham qarab turmaymiz. Bir so'z bilan aytganda, keskin va qiziqarli kurashlarga boy va zo'r uchrashuv bo'ladi.
“Sho'rtan” PFK matbuot xizmati