Ivanovich ketma-ket ikkinchi marta yil futbolchisi deb topilgan ilk inson bo'ldi
28 dek 2013 11:45
Yangiliklar

Ivanovich ketma-ket ikkinchi marta yil futbolchisi deb topilgan ilk inson bo'ldi
"CHelsi" himoyachisi Branislav Ivanovich Serbiyada ketma-ket ikkinchi marotaba yil futbolchisi deb topilgan ilk insonga aylandi.
Avval ham ayrim futbolchilar ikki martadan yil futbolchisi deb topilishgan. Masalan Deyan Stankovich (2006, 2010) va Nemanya Vidich (2005, 2008). Biroq ular qatorasiga bu sovrinni qo'lga kiritishmagan.
"O'tgan yili ham buni aytganman: bu - men uchun eng katta sharaf. Hozir, mamlakatimda yana bir bor eng yaxshi deb topildim va his tuyg'ulraimni ifodalashga so'z topolmayapman! Bu sovrin menga katta faxr bag'ishlaydi va yangi yilda, yangi maqsadlarga erishish yo'lidagi bir turtki bo'ladi", deya futbolchi so'zlaridan UEFA rasmiy sayti iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar