So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  0 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  11 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

Ivan Bubalo: "Agar o'yindan oldin yutqazishimizni bilganimda yoshlar bilan o'ynardim" Yangiliklar

Ivan Bubalo: "Agar o'yindan oldin yutqazishimizni bilganimda yoshlar bilan o'ynardim"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Bunyodkor" (5:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ivan Bubalo matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"1:5 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin nima ham derdim. Juda yomon o'yin ko'rsatdik. Agar 10 kishi bo'lib qolmaganimizda bunchalik yomon natija bo'lmasdi. O'z xatomiz tufayli tezkor gol o'tkazib yubordik, ammo keyin bizda Yovichning vaziyati bo'ldi. Undan keyin gol ham urdik. Qizil kartochka berilgan vaziyatni ko'ra olmadim. CHetlatishdan keyin o'yin o'zgarib ketdi. Bir daqiqadan keyin standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. "Qizilqum"ga yutqazganimizda men aybdor edim. Bugun esa faqat men emas, futbolchilar ham aybdor. Standart vaziyatlarda kurashmasa futbolchilar ham mag'lubiyatni o'ziga olishi kerak. Bugun faqat 17 yoshli Aziz To'lqinbekov va Amir To'raqulov xarakter ko'rsata olishgani menga yoqdi xolos", - dedi Ivan Bubalo.

- Bugun himoyachilar juda ham qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi...

- To'g'ri aytdingiz. Raqibning deyarli barcha zarbasi golga aylanaverdi. Bugun 1 foiz ham omadimiz kelmadi. Agar mening qo'limda kelganimda barcha futbolchilarni almashtirardim. O'yinni yosh bollar bilan yutqazganim yaxshi. CHunki bugun Aziz va Amir yoshi katta futbolchilardan yaxshiroq o'ynashdi. Agar o'yindan oldin yutqazishimizni bilganimda yoshlar bilan o'ynardim.

- Bugungi muxlislik haqida nima deya olasiz?

- Ajoyib muhit. "Andijon" muxlislariga rahmat aytaman. "Andijon"ni g'alaba bilan tabriklayman.

- O'yindan oldingi statistikadan xabaringiz bormidi? "Andijon" hech qachon "Bunyodkor"ni yuta olmagandi...

- Ha buni bilardim.

- "Bunyodkor" bu yil o'yin tomonlama jamoa o'rtamiyona klubga aylanib qoldi. Bu byudjet bilan bog'liqmi?

- Byudjet haqida gapira olmayman. To'g'ri 4-5-o'rinlarda emasdirmiz, ammo "Bunyodkor" ligada qolish uchun kurashadigan jamoa emas.






Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика