So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  43 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  9 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  8 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

Ivan Boshkovich: "Paxtakor" shu tarzda chempion bo'lishni istayotgan bo'lsa, men ularni tabriklayman. Penalti – bu kulgili" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Paxtakor" shu tarzda chempion bo'lishni istayotgan bo'lsa, men ularni tabriklayman. Penalti – bu kulgili"

Coca Cola Superliganing 19-turi doirasidagi "So'g'diyona" - "Paxtakor" bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Natijadan noroziman. Biz ikki ochko yo'qotdik. Raqib jamoa qanday gol urganini ko'rdingiz. Penalti – bu kulgili. "Paxtakor" shu tarzda chempion bo'lishni istayotgan bo'lsa, men ularni tabriklayman. Biz o'yinni ko'rdik. Birinchi taymda biz raqibdan ustun keldik. Ikkinchi bo'limda jamoamdan qoniqmadim. Baribir ular harakat qilishdi. Qarshi hujumda ham bir marta juda qulay imkoniyatga ega bo'ldik. O'sha vaziyatdan foydalanish kerak edi. Qo'shimcha vaqtda penalti belgilandi. O'sha vaziyatda qanday penalti bor edi, to'g'risi bilmadim. Qaysi mamlakatda bu penalti deyilishini ochig'i bilmayman. Bu men uchun kulgili vaziyat. VAR bor edi, hakam bor edi. Ular nima qilishdi, tushunmadim. Penaltini amalga oshirgan yigitni ham tabriklayman. Hammasi yaxshi. Futbol o'ynashda davom etamiz. Bu mavsum iloji boricha ko'p ochko to'plashimiz kerak. Kuchli to'rtlikka kirishga menimcha biroz kech bo'ldi. Oltilikka esa kirsa bo'ladi. Ochko to'plashga harakat qilamiz. Birinchi bo'limdagi kabi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz", -deydi Ivan Boshkovich.



Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика