Ivan Boshkovich: "Qizil kartochka o'yinning eng muhim vaziyati bo'ldi, "Qo'qon-1912"ga omad tilayman"

Narzulla Saydullayev
30 noya 2025, 18:10
"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.

"Barchaga xayrli kun. Bugun kamchilikda bo'lsak ham borimizni berdik. Ammo raqib sondagi ustunlikdan foydalanib g'alaba qozondi. Bizda ham golli vaziyatlar bo'ldi, ammo o'xshamadi. Qizil kartochka menimcha yo'q edi. Bu o'yinning eng muhim vaziyati bo'ldi. "Qo'qon-1912" pley-offga tushib qolmaslik uchun katta motivaciya bor edi. Qaytaraman, biz ham oxirigacha kurashdik va maksimum kuch bilan o'ynadik.

Biz uchun mavsum tugadi. "Qo'qon-1912"ga esa pley-offda omad tilayman, keyingi yil yana Superligada to'qnash kelaylik.

Men hech qachon jamoam o'yinidan qoniqmayman. Doim o'yinni yaxshilash kerak. Natija kutilganidek bo'lmadi, demak bu biz uchun dars bo'lishi kerak. "So'g'diyona" o'tgan yil 4-o'rinni olgandi, o'sha planka doim turaveradi. "So'g'diyona" men bilanmi yoki mensiz yuqori o'rinlar va sovrinlar uchun kurashishi shart", - dedi Ivan Boshkovich.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia