Ivan Boshkovich: "Navbatdagi bosqich yo'llanmasi uchun imkoniyatimiz saqlanib turibdi"
25 may 2023 09:10
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "Navbatdagi bosqich yo'llanmasi uchun imkoniyatimiz saqlanib turibdi"
O'zbekiston kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Aral" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Og'ir o'yin o'tkazdik. Raqiblar bugun bizga qarshi yaxshi o'yin namoyish etishdi. O'yinga bo'lgan tayyorgarliklari ham jiddiy bo'lgani ko'rinib turibdi.
Ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. "Aral" jamoasi qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi.
Jamoamizda hozirgi xolat yaxshi. Vaziyatlardan foydalanganimizda g'alaba qozonishimiz ham mumkin. Raqiblar bizga qarshi o'yin ko'rsatishdi.
Navbatdagi bosqich yo'llanmasi uchun imkoniyatimiz saqlanib turibdi. Barchasini 3-tur o'yinlari hal qilib beradi.
Fikrlar