So’nggi yangiliklar

17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 17:02Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  3 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  0 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  9 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  9 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   2 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  27

Ivan Boshkovich - "Bunyodkor"ga pul uchun kelmagani, OFK kubogi va "Nasaf"dagi xotiralar Yangiliklar

Ivan Boshkovich - "Bunyodkor"ga pul uchun kelmagani, OFK kubogi va "Nasaf"dagi xotiralar

Abdulhafiz Abdulhamidov boshchiligidagi "Futbol taym" ko'rsatuvi ijodkorlari bugungi kunda "Bunyodkor" akademiyasida faoliyat olib borayotgan Ivan Boshkovich bilan suhbat uyushtirishdi.

Muxlislarga "Nasaf" jamoasidagi ajoyib o'yinlari bilan yaxshi tanish bo'lgan ushbu futbolchi suhbat davomida bir qator qiziqarli fikrlarni bildirdi.

"Bunyodkor" akademiyasida faoliyat olib bormoqdaman. Dastlab klub rahbarlari bilan muzokara o'tkazdik, so'ng kelishuvga erishdik. buning uchun Ulug'bek Mirzaevga minnatdorchilik bildirib qolaman. "Nasaf"da o'ynab yurgan paytlarimda bir-birimiz bilan tanishib qolgandik. SHu shu aloqalar saqlanib qolgandi. Tailandda to'p tepib yurgan vaqtlarimda Bangkokda bir necha bor uchrashdik. Butsalarimni mixga ilgacha "Bunyodkor" akademiyasida ish boshlash istagi tug'ildi va klub bilan aloqaga chiqdim. Bolalar bilan ishimni boshlamoqchi bo'ldim. "Bunyodkor"dagilar meni to'g'ri tushundi va o'zimni ko'rsatishim uchun imkoniyat berishdi. Mahoratim va bilganlarim bilan klub rivoji yo'lida hissamni qo'shsam xursand bo'laman. "Bunyodkor" katta jamoaligini bilardim. SHuning uchun bu erga kelishga qaror qildim.

Ha, klub oldiga katta moliyaviy shartlar va katta maosh talabini qo'ymadim. Muhimi men uchun murabbiylik faoliyatimni yo'lga qo'yib olish. Maosh va boshqa narsalar ikkinchi darajali. Men murabbiy sifatida o'sishim va oldinga intilishim kerak. Qolgan narsalar bosqichma-bosqich bo'laveradi. Murabbiylik licenziyalimni va darajamni ko'tarib olganimdan keyingina boshqa masalalarni ko'rib chiqaman. Men ushbu klubda murabbiy bo'lib foyda keltirsam, o'zimni ko'rsata olsam bo'lgani.

Ha, "Nasaf"dagi damlarimni esga olish yoqimli. Bu nafaqat mening faoliyatimdagi balki, klub tarixidagi eng katta natija hisoblanadi. Murabbiylardan tortib futbolchilargacha yuqori darajada bo'lgan. SHunga yarasha maoshlar ham yuqori bo'lgan. Buni yashirmayman. Zamonaviy futbolda yuqori maqsad qo'ygan jamoa moliyaviy sharoitlarsiz biron katta natijaga erisha olmaydi. Qancha maosh olganman? Buni aytsam proffessionallarga hos ish qilmagan bo'laman. 2012 yilgi mavsumda ko'p narsa o'zgarib ketdi. Demyanenko ketdi, rahbarlar o'zgardi. Maqsad va vazifalar katta bo'lmadi. Motivaciya pasaydi. Ha, mavsum startini omadsiz boshlaganmiz. SHunga qaramasdan birinchi davrani uchinchi o'rinda tugantganmiz. Lekin, ikkinchi davrada qator uchrashuvlarda g'alaba nimaligini bilmadik va pastga tushib ketdik. O'zbekiston kubogi finalida imkoniyatni boy berdik.

Men hayotimni futbolga bag'ishlaganman, u menga ko'p narsa berdi. Futbol orqali sayohat qildim, oilamni boqdim, ko'pgina tanish do'stlar orttirdim. Otam va Onam, yaqinlarim mashhur futbolchi bo'lganimdan xursand. Futbol menga berganlarini endilikda murabbiy sifatida o'ziga qaytarmoqchiman. Endi men futbolga ko'p narsa berishim kerak. SHuningde,k sevimli ishimni murabbiy bo'lib davom ettirishim lozim. Futbolchilikni yakunlab boshqa sohada ishlashim ham mumkin edi. Lekin, futbolda qolishni afzal ko'rdim", - deydi Ivan Boshkovich "Futbol Taym"ga bergan intervyusi chog'ida. 



Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика