So’nggi yangiliklar

16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  0 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  0 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  6 15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  6 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  1 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  5 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  10 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9

Ivan Boshkovich: "Bunyodkor"da ko'proq o'z tarbiyalanuvchilari o'ynashi lozim" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Bunyodkor"da ko'proq o'z tarbiyalanuvchilari o'ynashi lozim"

Coca-Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Bunyodkor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Birinchi navbatda shuni takidlashim joizki, juda jiddiy raqib bilan to'qnash keldik. Raqib jamoa standart vaziyatlar yaratishda xavfli jamoa ekanligini bilardik. Yigitlar aytilgan vazifalarni bajarishdi. Biz yuqori pog'onalarga qaytish uchun kurashamiz. Albatta, o'yin davomida etarlicha xatolarga yo'l qo'ydik, lekin yigitlarni g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Endilikda kelgusi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz hamda g'alabali yurishni davom ettirishga harakat qilamiz.

— "Bunyodkor"ga kelganingizda, "qaldirg'ochlar" xavfli zonaga yaqin edi. SHunga qaramasdan, asosan yoshlar orqali 2 g'alaba va 1 durangga erishdingiz. Bunday tavakkal qilishdan qo'rqmaysizmi? 

— Biz hozir ham qiyin ahvoldamiz, shunday ekan, qanday qaror qabul qilish mening xohishim. Mening istagim "Bunyodkor" o'z tarbiyalanuvchilaridan tashkil topishi lozim. CHunki ular o'tgan o'yinlarda o'z iqtidorlarini ko'rsatib bo'lishdi. "Bunyodkor" akademiyasida O'zbekiston terma jamoasining kelajakdagi o'yinchilari bisyor. Jadvalda yanada yuqoriroq o'rinlarga ko'tarilib olsak, ko'proq yoshlarga imkoniyat bera boshlaymiz. 

— Dmitriy Pobulichga nega ishonch bildirmayapsiz?

— Dmitriy singari barcha legionerlar istedodli, shunchaki ularni maydonga tushirmayotganimga ayrim sabablar bor. Bazi o'yinchilar kasal bo'lishgan, boshqalarida jarohat bor. Ular yaxshi formaga qaytgach, maydonga tushirishni rejalashtiryapman".

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика