So’nggi yangiliklar

12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  0 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  0 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  8 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  11 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  2 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  15 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  1 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  2 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  5 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  6 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  54

Ivan Boshkovich: "90 daqiqa o'yinni nazorat qilishning iloji yo'q. Maqsadimiz har bir raqibni mag'lubiyatga uchratish" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "90 daqiqa o'yinni nazorat qilishning iloji yo'q. Maqsadimiz har bir raqibni mag'lubiyatga uchratish"

Superliga 16-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "So'g'diyona" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugun oson o'yin bo'lmasligini kutgandim. Birinchi bo'limda bitta gol urib olishimiz kerak edi. Yaratgan vaziyatlarimizni golga aylantira olmadik. Vaziyatlarni yakunlovchi futbolchi etishmadi. Bugun hujumchisi sifatida o'ynagan futbolchimiz Superligada debyut qildi. U bugun yaxshi taassurotlar qoldirdi. O'yin so'ngida esa raqibga to'pni berib qo'ydik, raqib bizni jazolashi mumkin edi. So'nggi 10-15 daqiqa juda asabiy o'tdi. Keyingi uchrashuvlarda bunday vaziyatlarga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Darvozabonimiz raqibning so'nggi jarima zarbasini juda kerakli pallada bartaraf etdi. Har doim ham yirik hisobda g'alaba qozonish shart emas. Har xil vaziyatlar uchrab turadi, masalan bugun 1:0 hisobidagi g'alaba etarli bo'ldi.

- Bugun ikki jamoa ham tengma-teng o'yin namoyish etdi. "So'g'diyona" bugun g'alabani saqlab qola olganiga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Bugungi o'yinni to'liq tahlil qilib chiqish kerak. "Olimpik" juda yosh jamoa bo'lishiga qaramay, ular to'pni nazorat qilishga harakat qildilar. Biz 75 daqiqa o'yinni nazorat qildik. Raqibimizga tajriba etishmayapti. Asosiy sabab tajriba deb o'ylayman. So'nggi 15 daqiqada esa raqibimiz hujumga o'ta boshladi va xavfli vaziyatlarga ega bo'ldi. Qo'shimcha daqiqalarda darvozamiz oldida yaratilgan vaziyatlar juda xavfli bo'ldi. Bizning chempionatimizda 90 daqiqa o'yinni nazorat qilishning iloji yo'q. Kim raqib bo'lishidan qatiy nazar. Bizning tarkibda ham yosh futbolchilar bor, lekin hech bu jihatni hisobga olmaydi. Biz bugun g'alaba loyiq edik.


- Jamoangizning muhim o'yinchilari Lyupche Doriev va Zoran Petrovichlar bugun asosiy tarkibdan joy olishmadi. Doriev faqatgina ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shildi. Asosiy tarkib futbolchilari bugungi bahsni dastlabki daqiqalardan boshlamaganiga nima sabab bo'ldi?

- Taqvim juda zich. SHu sababli, futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Vladimir Yovovich keyingi to'qnashuvda maydonga tushishi aniq emas. Bu muxlislarga biroz maqul kelmasligi mumkin, ammo bosh murabbiy sifatida men shu qarorga keldim. Oldindagi uchrashuvlar ham biz uchun juda muhim. Eng muhimi natija qayd etish. 6 avgustda kubok bahsi, 11 avgustda "Metallurg", bugun "Olimpik"ga qarshi o'ynadik. Keyingi bahs esa bor yo'g'i besh kundan so'ng. Futbolchilarim keyingi uchrashuvlarga qadar to'liq tiklana olishiga umid qilaman.

- "So'g'diyona" bugun yana uch ochkoni qo'lga kiritdi. Jamoangiz musobaqa jadvalida uchinchi o'rinni egallagan va chempionlik uchun kurashmoqda. "So'g'diyona" jamoasining chempionlik poygasidagi ishtiroki haqida gapirib o'tsangiz. SHuningdek, jamoangizning keyingi uchrashuvlari turnir jadvalidagi qo'shnilar "Neftchi" va "Paxtakor"ga qarshi kechadi. Bo'lajak raqiblar haqida ham fikr bildirib o'tsangiz?

- Maqsadimiz har bir keyingi uchrashuvdagi raqibni mag'lub etish. Mening falsafam shunday. Qanday raqib bo'lishidan qatiy nazar. Biz oxirigacha kurashamiz. Bizda o'zimizning reja bor. Rejamiz barcha raqiblarni mag'lub etish. CHempionlikga haqida gapirish uchun juda-juda erta. Hozir "Neftchi" haqida o'ylashimiz kerak.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика