So’nggi yangiliklar

19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  2 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  4 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0

Ivan Boshkovich: "120 daqiqa kurashish ikki jamoa uchun ham oson bo'lmadi. Ushbu tarkibga ishonganim sabab ko'p transferlarga qo'l urmadik" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "120 daqiqa kurashish ikki jamoa uchun ham oson bo'lmadi. Ushbu tarkibga ishonganim sabab ko'p transferlarga qo'l urmadik"

O'zbekiston kubogi 1/4 final bahsidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng (2:3) mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.





- O'yin haqida

- O'yindan ko'proq narsa kutgan edim. "Navbahor" ko'proq vaziyat yaratgandek. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman.

- Jamoa ikkinchi davraga qanday tayyorgarlik ko'rdi? Yig'inlardan ko'nglingiz to'ldimi? Jamoa ayrim bir sabablarga Turkiyada o'tkazilishi kerak bo'lgan yig'inni bekor qildi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Yig'inlarni yaxshi o'tkazdik. Oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yganmiz. Bugun kubokdagi ishtirokimizni yakunladik, ammo hammasi hali oldinda. Kelajak haqida o'ylashimiz kerak.

- Jamoangiz transferlar oynasida ikkita futbolchini o'z safiga qo'shib oldi. Reja qilgan trasnferlaringizni amalga oshira oldingizmi?

- Ha. Transferlardan ko'nglim to'ldi. Biz ko'p futbolchilar bilan shartnoma imzolashni istamadik. Sababi tarkibdagi futbolchilar nima qodir ekanligini isbotlab bo'lishdi. Men ularga to'liq ishonaman.

- Ikkinchi davra start oldi. Keyingi raqiblar va uchrashuvlar haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Bizda taqvim bor va ushbu taqvim bo'yicha ishlashda davom etamiz. O'ylaymanki, taqvim boshqa o'zgarmaydi. Ertaga keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Men ushbu yigitlarga ishonaman. Bugun yutqazdik to'g'ri, lekin hech narsa yuqotganimiz yo'q. Mavsumni muvaffaqiyatli tugatishni reja qilganmiz.

- Jamoalar tanaffusdan keyingi dastlabki uchrashuvini o'tkazishmoqda. Bugun jamoangizda jismoniy muammolar kuzatildimi? Futbolchilar deyarli 130 daqiqa futbol o'ynashdi. Jamoangizning jismoniy holatidan qoniqdingizmi?

- 120 daqiqa kurashish ikki jamoa uchun ham oson bo'lmadi. Jamoam 120 daqiqa o'ynay olishini isbotladi. Bir oylik tanaffusdan keyin yana maydonga qaytish oson ish emas. Jamoam ruhiy va jismoniy taraflama ham tayyor deb o'ylayman. O'z o'yinimizni yanada chuqquroq tahlil qilib chiqishimiz kerak. Jarohat va diskfalivikaciya tufayli ayrim bir futbolchilarsiz ishtirok etmoqdamiz. Birinchi davrada ham ko'p yo'qotishlarga uchradik, lekin shunga qaramay natijaga erisha oldik. Bugungi o'yin tarixga aylandi. Keyingi bahs haqida o'ylashimiz kerak.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика