"Ittifoq-Navoiy" PRO-Liga uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rmoqda
26 mar 2019 20:42
Yangiliklar


"Ittifoq-Navoiy" PRO-Liga uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rmoqda
O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi vasiyligidagi "Ittifoq-Navoiy" futbol klubi joriy mavsumdan PRO-Liga uchrashuvlarida ishtirok etadi.
Yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan jamoa murabbiylar Otabek Akromov, Ilxomjon Sattorovlar boshchiligida mashg'ulotlarni olib borishmoqda. Hozirgi kunda jamoa tajribali futbolchilardan Abdulaziz Jo'raboev, Sarvar Xolmatovlar bilan kelishuvga erishgan. "Ittifoq-Navoiy" jamoasi uy uchrashuvlarini Qiziltepa tumani "Markaziy" o'yingohida o'tkazadi.
Jamoa oldiga joriy mavsumda PRO-Liga "B" guruhida munosib ishtirok etish va mavsum yakunida PRO-Liga "A" guruhiga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar