So’nggi yangiliklar

15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  7 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  17 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  7 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8

Italyanlarning APLdagi aqlbovar qilmas sarguzashtlari Yangiliklar

Italyanlarning APLdagi aqlbovar qilmas sarguzashtlari

Xabaringiz bor, "Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamakka "Vest Xem" o'yinchisiga aylandi.

"Bolg'a urarlar" u uchun 36 million evro berishdi va Skamakka APLdagi eng qimmat italiyaliklar o'nligidan o'rin oldi. SHu munosabat bilan bugun ushbu ro'yxatga kirgan va ularning Angliyadagi muvaffaqiyati haqida gaplashamiz.


Matteo Darmian ("Torino"dan "MYU"ga — 18 million)

Darmian "Torino"da darhol o'zini ko'rsata oldi va A Seriya ramziy terma jamoasiga ham kiritildi. Bu Italiya grandlari etiboridan chetda qolmadi, biroq Matteo Angliya tomon yo'l oldi. U Denis Loudan keyin "Torino"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan ikkinchi futbolchi bo'ldi. APLdagi 1-mavsumida etarlicha ko'p o'ynadi (28ta bahsda maydonga tushdi). 

Lekin undan kutilgan o'yinni namoyish etolmadi. Vaqt o'tgani sari u APL doirasida kamroq maydonga tusha boshladi va faqatgina kubok bahslarida uning kamtarona xizmatidan foydalanishardi. U "MYU" formasida 92 bahsda 1ta gol urdi va 3ta golli uzatma qayd etdi. Biroq eng muhimi, ishonchni oqlamadi. Natijada u yana Italiyaga qaytdi va qizig'i, yana bir bor vaqtida A Seriyaning eng zo'r laterallaridan biri bo'lganini barchaga eslatib qo'ydi.


Patrik Kutrone ("Milan"dan "Vulverxempton"ga — 18 million evro)

"Milan" tarbiyalanuvchisi katta futbolga ajoyib kirib kelgan va 19 yoshida "rossoneri"ning asosiy jamoasi o'yinchisiga aylangan. Biroq omadli mavsumdan keyin o'rtamiyonasi kutib turgandi. Bu esa "Vulverxempton"ni cho'chitmadi va inglizlar "Milan" uchun yaxshigina pul to'lab berishdi. Afsuski, Patrik hech qanaqasiga Angliyada o'zini ko'rsatolmadi. U uzoq vaqtgacha yangi mamlakatga va APLga moslasha olmadi. Qolaversa, kichik jarohatlar ham unga yaxshigina halal berardi. Natijada, Kutrone asosan zaxiradan maydonga tushdi va barcha turnirda atigi 3ta gol urdi. 

Nimanidir o'zgartirish kerakligi aniq bo'ldi va Patrik turli klublar bo'ylab "sayohat qilishni" boshladi. U "Valensiya" va "Fiorentina"da to'p tepdi. O'tgan mavsumni esa "Empoli"da o'tkazdi, u erda ham qoyil qoldirmadi. Patrik hozir "Angliya"ga qaytgan, ammo "Vulverxempton" uni qaerga ijaraga berish borasida bosh qotirmoqda. Afsuski, APLga o'tish u uchun katta xato bo'lgan ekan...


Alberto Akvilani ("Roma"dan "Liverpul"ga — 20 million evro)

Akvilani Angliyaga ertaroq kelishi mumkin edi. O'smirlik payti "CHelsi" va "Arsenal" unga qiziqish bildirgan, lekin Alberto "Roma"dan ketmagan va avvaliga yoshlar jamoasida, keyin asosiy klubda o'zini ko'rsatgan. 2009 yil "Liverpul" uni Xabi Alonsoga o'rinbosar sifatida tanladi, lekin hammasi kutilganidek bo'lmadi. 

U "Liverpul"ga jarohat bilan o'tdi va ancha vaqtgacha davolandi. Bu Albertoga hamma tomondan tasir qilmasligi deyarli imkonsiz edi. U barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 26 o'yinda ishtirok etdi, biroq kamdan-kam asosiy tarkibda maydonga tushdi va 2ta gol urishga ulgurdi. Lekin Akvilani u erda o'zini noqulay his qilaverdi. Natijada "Liverpul" yarim himoyachini avval "Yuventus"ga, keyin esa "Milan"ga ijaraga berdi. Alberto faoliyatini yakunlagan va ayni dam "Fiorentina"da bolalarni shug'ullantiradi.


Emerson ("Roma"dan "CHelsi"ga — 20 million evro)

"Palermo" "Santos"ning iqtidorli lateralini safiga chaqirdi. Kelasi mavsum esa "Roma"ni uni sotib oldi. Afsuski, u Rimda jiddiy jarohat oldi va deyarli bir yilni maydon tashqarisida o'tkazib yubordi. Biroq umuman olganda, "jalorossi"da yaxshi o'yin ko'rsatdi va "CHelsi" etiboriga tushdi. To'g'ri, raqobatda Markos Alonsodan ustun kelolmadi, asosiy vaqtini zaxira o'rindig'ida o'tkazdi va maydonga juda kam tushdi.

Emerson "CHelsi"da atigi 1ta gol urdi, ammo Evropa Ligasi finalida Jiruga bergan golli uzatmasi esda qolarli bo'lgan. Bu transfer ikki tomon uchun ham butkul omadsiz bo'lgan deb bo'lmaydi. CHunki Emerson qator xalqaro titullarni qo'lga kiritgan va bir necha bor klub tomonidan taqdirlangan. Ammo undan ko'prog'ini kutishgan edi. Futbolchi o'tgan mavsumni "Lion"da o'tkazdi, hozir esa kelgusida qanday yo'l tutish borasida bosh qotirmoqda.


Davide Zappakosta ("Torino"dan "CHelsi"ga — 25 million evro)

Zappakosta Turinga kelishidan avval "Atalanta"da yaxshi o'yin ko'rsatgandi. "Buqalar" safida A Seriyaning eng kuchli laterallaridan biri bo'ldi va o'ng yon chiziqni tinimsiz "yondirardi". "CHelsi" unga o'ng qanotni kuchaytirish uchun variant sifatida qaradi, biroq Davide Angliyada chinakamiga o'ynab ketolmadi. 

Sababi uning himoyadagi ko'nikmalari APLga to'g'ri kelmadi, u orqada ko'p xatolarga yo'l qo'ydi va buni hujumdagi harakatlari bilan yopib ketolmadi. Bir nechta gol urdi, ammo 2-mavsumdan so'ng Davide Italiyaga qaytishi kerakligi ayon bo'ldi. Bir qator ijaralardan keyin yana "Atalanta"ga qaytdi va hozir Bergamoda o'zini yaxshi his qilmoqda.


Moyze Kin ("Yuventus"dan "Everton"ga — 28 million evro)

Moyze Kin 15 yoshligidayoq u haqida gapira boshlashgandi. Mutaxassislar Italiyada istedod borasida Mario Balotellidan kam bo'lmagan yigit ulg'ayayotganini takidlashgandi. O'z yoshi uchun ancha baquvvat bo'lgan Kin 17 yoshida A Seriyadagi 1-golini urdi, ijara huquqlari asosida "Verona"da to'p tepishga ulgurdi va "Yuventus"ga qaytdi. U 2018/19 yilgi mavsumda 7ta gol urib, Krishtianudan ko'p narsa o'rgandi. Hammasi ko'ngildagidek ketayotgandek edi, biroq kutilmaganda, bo'lajak yulduzga aylanishi kutilgan Kin "Everton"ga borib qo'shildi. Afsuski, Angliya Kin uchun juda qiyin sinov bo'ldi.

 U Liverpulda o'zini qulay his qilolmagani va bu maydonda ham o'z tasirini ko'rsatganini tan olgandi. Moyze bor yo'g'i 2tagina gol urdi. Nimanidir o'zgartirish lozim edi. Uni PSJga ijara berish ajoyib qaror bo'ldi, qanday gol urish kerakligi Kinning ham "yodiga tushdi". Ammo forvard Parijda uzoq qolmadi va "Yuve"ga qaytib, yana rotaciya o'yinchisiga aylandi. Ehtimol, Kin yana oldinga qadam tashlashi uchun yana bir transfer kerakdir...?!


Mario Balotelli ("Inter"dan "Manchester Siti"ga — 30 million evro)

Balotelli "Inter" hamda Italiya termasining umidi hisoblanardi. Ayniqsa, Roberto Manchini "qora-ko'klar"ni shug'ullantirgan davrda, murabbiy yosh forvardga qattiq ishonardi, u ham gol urardi. Mourino bilan esa bunday munosabat o'rnata olmadi. "Inter" trebl qayd etgan yili Balotelli Angliya tomon yo'l oldi. 

O'sha paytlar "shaharliklar"ni boshqargan Roberto Manchini jamoaga Marioni olib kelishni so'rab turib oldi. U birinchi mavsum barcha musobaqa bo'yicha 10ta gol urdi va Angliya Liga Kubogini qo'lga kiritishda yordam berdi. Ikkinchi yili esa 17ta gol urdi, natijada "Manchester Siti" ilk bor APL g'olibi bo'ldi. Afsuski, kelasi mavsum omadsiz bo'ldi: Balotelli turli janjallarga aralashib qoldi va kam gol urdi (barcha turnirda 3ta gol). Balotelli bir muddat Italiyada to'p tepib, yana Angliyaga qaytdi va "Liverpul" tarixidagi eng omadsiz transferlardan biriga aylandi. Mario hozir Turkiyaning "Adana Demirspor" klubi sharafini himoya qilmoqda.


Jorjino ("Napoli"dan "CHelsi"ga — 57 million evro)

Yarim himoyachi "Verona"da o'zini yaxshi ko'rsata oldi va jamoaning muhim bo'lagiga aylandi. Biroq albatta, Jorjino uni tizimli futbolchiga aylantirgan Mauricio Sarri boshchiligidagi "Napoli"da o'zini to'liq namoyon etdi. Uzatmalar statistikasi bo'yicha Jorjino "Napoli"da eng yaxshisi va A Seriyada eng yaxshilardan biri bo'lgandi. 

Sarri "CHelsi" bosh murabbiyi bo'lgan vaqtda o'sha payt "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin turgan Jorjinoni jamoasiga olib kelish uchun bor kuchi bilan harakat qildi. U "ko'klar" safida xuddi "Napoli"jagi kabi harakat qildi va APLga tez moslashdi. Hattoki, Sarri ketganidan keyin ham Jorjino maydon markazining muhim futbolchisi bo'lib qoldi. Uning faol ishtiroki sababli "ko'klar" Evropa Ligasi va CHempionlar Ligasi, hamda UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'lishdi. UEFA Jorjinoni 2021 yilning eng yaxshi o'yinchisi deya etirof etdi. U uchun sarflangan har bir million o'zini oqlagan desak, adashmasak kerak.

Ha, guvohi bo'lganingizdek, APL klublari katta summa sarflab, xarid qilgan italiyalik futbolchilarning 8tadan 2tasigina o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'lgan. SHunday ekan, Skamakka A Seriyadagi kabi APLda ham dadil va sifatli futbol ko'rsatadi deb umid qilib qolamiz.


Sergey Rumyancev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика