So’nggi yangiliklar

18:50Сиаваш Ҳақназарий: "Биринчи давра қандай ўтгани ҳақида гапиришни истамайман. Янги бош мураббий жамоавий руҳимизни ўзгартирди"  0 18:23ПРО-Лига. "Шўртан" – "Бухоро": Асосий таркиблар маълум  0 18:16ПРО-Лига. "Арал" – "Дўстлик": Асосий таркиблар маълум  1 18:11Жаҳон чемпионати саралаш босқичи. Ўзбекистон - КХДР учрашувини Аҳмад ал Каф бошқариб боради  10 17:54Буни кўрдингизми? Де Брюйне услубини ўзгартиради   3 17:30Энцо Фернандес янги мавсумда "Челси"нинг сардорларидан бири бўлади  0 17:12Левандовски янги мавсум тақвими ҳақида: "Ҳар икки кунда майдонга тушиб, максимум имкониятларингизни кўрсатишнинг иложи йўқ"  0 16:49Кефрен Тюрам: ""Ювентус"га трансфер — бу тақдир"  0 16:21Расман: Аарон Ансельмино — "Челси" футболчиси!   0 15:51Килиан Мбаппе "Реал" таркибидаги илк машғулотини ўтказди  2 15:26"Насаф" - "Пахтакор" учрашувини Абдураҳмонов бошқариб боради. Суперлига 15-турига расмийлар тайинланди  11 15:02Анчелотти: "Реал" — менинг охирги клубим"  4 14:34"Ливерпуль" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 14:10Доминик Соланке "Тоттенхэм"га ўтишга рози  2 13:54Ўзбекистон кубоги. Ярим финалга қачон қуръа ташланиши маълум бўлди  8

Italiyaning eng yaxshi menejeri endi “Inter”da ishlamoqda Yangiliklar

Italiyaning eng yaxshi menejeri endi “Inter”da ishlamoqda

"Yuventus"dan "Inter"ga yoxud nafaqat futbolchilar ashaddiy raqib tarkibiga o'tib ketishadi.

SHanba kuni “Inter” jamoasi “Udineze” bilan kuch sinashdi. Juzeppe Meacca stadioni tribunasida esa "neradzurrilar" prezidenti Stiven CHjan va Xaver  Zanetti bilan o'tirgan katta yoshdagi bir inson Ikardining golidan g'oyat xursand edi. Bu hurmatli janobning ismi Juzeppe Marotta va u haqiqatdan ham dunyodagi eng yaxshi menejerlardan biri hisoblanadi. Dekabrdan buyon Marotta “Inter”da ish boshladi va avval faoliyat olib borgan jamoasi “Yuventus”ni ortda qoldirib ketishga harakat qilmoqda.

Marotta sababli “Yuventus” yuqori cho'qqiga chiqdi va birinchilikni ushlab turibdi. 2010 yil klub prezidenti bo'lgan Andrea Anelli jamoa kuchli menejer va top mutaxassislar qo'l ostida bo'lishi kerak deb hisoblaydi. SHu sababli atrofiga ana shunday insonlarni to'plashga uringan. Uning rejalariga ko'ra, asosiy rolda “Sampdoriya”ning sobiq bosh direktori bo'lishi lozim edi. Bir yildan keyin “keksa sinora” ancha yildan beri erishishga harakat qilayotgan birinchi skudettosini nishonladi. Qizig'i shundaki, Marotta ham Kellini-Barcali-Bonuchchi uchligi tashkil etilishida ishtirok etgandi. U “Volfsburg” o'yinchisi Barcalini atigi 300 ming evroga sotib olishga prezidentni ko'ndirgandi. Biroq Bonuchchi uchun 15 million evro sarflashga to'g'ri kelgan. U “Yuventus”ga Andrea Pirloni erkin agent sifatida o'tishga ko'ndirgan. SHuningdek, “Bayer” bilan muzokaralarda Arturo Vidalning narxini pasaytirishga erishgandi. Bundan tashqari, Pirlo bilan bog'liq masalada Marotta hattoki, Antonio Konte bilan ham maslahatlashib o'tirmagan. SHuning uchun, bosh direktor uning muvaffaqiyatiga hech ham shubha qilmasdi.

Kelasi yozda Marotta shartnoma imzoladi. Uning so'zlariga ko'ra, bu uning faoliyati davomidagi eng omadli shartnomasidir. Pol Pogba ham erkin agent sifatida “MYU”dan o'tgan. 2016 yil esa “Manchester” franciyalikni Angliyaga qaytarish uchun  yuz milliondan ko'proq pul to'lashiga to'g'ri kelgan. Pol Turinda ajoyib o'ynadi. 2015 yilga qadar “Yuventus” juda ehtiyotkorlik bilan ish ko'rdi. Marotta agenti yo'q futbolchilar bilan kelishish borasida ustasi farang, desak mubolag'a bo'lmaydi. U tufayli Pogba va Pirlodan tashqari bir qancha futbolchilar jumladan, Lorente, Xedira, Koman, Dani Alves va  Emre Djan “Yuventus”da o'ynadi. Albatta, hammaning boshidan qorong'u kunlar o'tadi. Bugungi qahramonimiz ham bundan mustasno emas. Krasich, Ogbonna, Elia, Bentder uning omadsiz shartnomalaridan bo'ldi. To'g'ri, Ogbonnani 13 millionga xarid qilgan bo'lsa ham, Marotta baribir qandaydir yo'l bilan futbolchini “Beshiktosh”ga 7 millionga sotib yuborishga erishgandi.

Umuman olganda, Marotta ko'p mablag' sarflashni istamagani uchun uni haqorat qilishardi. Aynan shu sababli Antonio Konte bilan “Yuventus”ning yo'llari ayro ketdi. Murabbiy “falon pul” turadigan yangi futbolchilarni olib kelishni talab qilardi. Marotta esa aksincha, yosh va iqtidorli o'yinchilarga etibor berishligini so'rardi. Kontega eng alam qilgani 2015 yil, Allegri kelganidan 1 yil o'tib, transfernaya kompaniya “Yuventus”ning transfer kompaniyasiga bir qancha o'zgartirishlar kiritilgani bo'ldi. Klub yangi o'yinchilarni sotib olish uchun 100 milliondan ortiq pul sarfladi. Ularning eng qimmati Dibala transferi bo'ldi. To'g'ri, Marotta bundan mamnun edi deb bo'lmaydi, lekin u ham o'zgarish vaqti kelganini tushunib etgandi. Ayniqsa, barcha futbolchilar endi kuchga to'lgan payti edi. SHu sabab buyog'iga ularning narxi kundan-kunga oshsa oshardiki, ammo kamaymasdi. Ha, Simone Dzadzadan tashqari, hamma futbolchilar bilan shunday bo'ldi. Dzadza esa hamon turli klublarga ijaradan ijaraga o'tib yuribdi. Uni sotib olish haqida esa kimdir so'z ochay demaydi.

Biroq kelasi yozda Iguain transferi Marottaning principlariga biroz mos kelmadi. Argentnalik uchun naqd 90 million evro to'lashdi. Juzeppening bundan achchiqlanganining sababi chunki boshidanoq uni eng ko'pi bilan shu summaning yarmiga sota olishlari mumkin edi. SHu sababli, Marotta prezident bu transferni amalga oshirmasligini so'ragan. Lekin Anelli Anelli CHempionlar Ligasida g'alaba qozonishni istagan va bu borada unga “Napoli” forvardi yordam berishiga ishongan. Afsuski, hammasi ham prezidentning rejalari bo'yicha ketmadi. To'g'ri, Iguain yomon o'ynadi deb bo'lmaydi,  lekin sarflangan harajatni ham oqlolgani yo'q. U hozirda “Milan”da ijarada.

Marotta va Anelli munosabatlaridagi kelishmovchiliklar shu yilning yozida boshlandi. Anelli ECHLdagi mag'lubiyatlardan charchagan va shuning uchun “Yuventus”ga kuchli o'yinchilar olib kelish niyatida edi.  Marotta esa bunga boshqa yo'l bilan yondashardi. Yani tayyor “super yulduz”lardan ko'ra, iqtidoli yosh futbolchilarni izlash kerak deb hisoblardi. Aytishlariga qaraganda, u Ronaldu “Yuve”ga o'tganida ham unchalik xursand bo'lmagan ekan. U avvallari Pirlo transferini amalga oshirishda Anelli bilan maslahatlashmagan. Bugungi kunda esa prezident menejerlarining fikri bilan unchalik qiziqayotgani yo'q. Qiziq tomoni shundaki, mish-mishlarga qaraganda, Anelli va Marottaning orasi buzilishiga sabab bo'lgan shaxs menejer uchun eng muhim futbolchilardan biri bo'lgan. Anelli Turinga Pol Pogbani qaytarishni juda ham xohlayapti, Marotta esa bu transferga qarshi chiqdi. Anelli “Yuventus” Evropa futbolidagi eng kuchli jamoa ekanini isbotlash maqsadida yozda Mbappeni sotib olishni rejalashtirmoqda.  

Marotta klubning yangi shartlariga bo'ysunishni istamadi va ishdan ketdi. U Italiya futbol federaciyasida faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Lekin Juzeppe 61 yosh bo'lishiga qaramay, bunday zerikarli ishda faoliyat yuritmasligini aytgandi. Marottaga “qiziqroq” joydan taklif bo'lishini kutayotgandi va u bunga erishdi. “Inter”ning muammolari etarli bo'lib, ularni hal qila oladigan odam kerak edi. Marotta uchun klubning hitoylik egalari uning so'zlarini qo'llab-kuvvatlab, “qora-ko'klar” tarkibida yosh o'yinchilarni ko'rishni istashlari muhim edi. Qishda “Inter” Barella bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rishi mumkin. Yozda esa Keza bilan muzokaralar olib borishadi. Juzeppe Turinga Federikoni olib kelishni mo'ljallagan edi. Endi esa uni “Inter” bilan shartnoma tuzishga ko'ndirishga harakat qilib ko'rmoqchi. Qiziq, Spaletti yangi rahbarni hayratlantira olarmikan?! Sababi “Inter” yaqindagina CHempionlar Ligasidan chiqib ketdi. Bu esa Marottaning rejalariga jiddiy tasir qildi va bu borada u biroz qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy. Kim biladi deysiz, balki aynan shu sabab Spalettiga ham chiqish eshiklari ko'rsatilar. 

Jamoani kim boshqaradi? Axir Antonio Konte ishsiz yuripti, u va Marottaning munosabatlari yaxshilanib ulgurgan, shuningdek, Simeone ham bir vaqtlar o'zi to'p tepgan jamoa taklifini o'ylab ko'rsa ajab emas.


Nima bo'lganda ham, Italiyada biz hali etibor bermagan ajoyib to'qnashuv yuzaga kelmoqda. Jumladan, Pavel Nedved, u "Yuventus"da ishlayotganidan xabaringiz bo'lsa kerak, Marottaning "Inter"ga o'tgani borasida fikr bildirar ekan, "u hech qachon chinakamiga "yuventuschi" bo'lmaganiga endi shubha yo'q", dedi. Ayyor va tajribali Marotta Pavelning bu so'zlarini eslab qolishi va muzokara stolida, "Yuventus"dan navbatdagi yosh vunderkindni ilib ketayotganda, o'ziga xos "o'ch" olishi turgan gap. 

Marottaning eng sevimli iqtiboslaridan biri Nelson Mandelaga tegishli: "Men hech qachon mag'lub bo'lmayman: yo g'alaba qozonaman, yoki o'rganaman". "Inter"da esa Marotta ko'proq o'rganish emas, g'alaba qozonishga harakat qiladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика