Italiyalik darvozabonning qonidan doping aniqlandi, uni jiddiy jazolar kutmoqda
07 mar 2019 19:20
Yangiliklar
Italiyalik darvozabonning qonidan doping aniqlandi, uni jiddiy jazolar kutmoqda
Italiyaning “Livorno” klubi darvozaboni Luka Macconi taqiqlangan modda istemol qilgani uchun katta muammolarga duch kelishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning xabar berishicha, 34 yoshli darvozabon B seriya doirasidagi 17 fevral sanasida bo'lib o'tgan “Lechche”ga qarshi o'yindan (2:3) keyin doping testidan o'tgan. Tahlil komissiyasi futbolchining qonidan kokain metoboliti bo'lgan – benzoilekgonin moddasini aniqlagan. SHu sababdan chempionat mutasaddilari Macconini vaqtinchalik futboldan chetlatgan.
Luka Macconi joriy mavsum B seriyaning 20ta bahsida qatnashib, 25 bora o'z darvozasidan to'p olib chiqqan. “Livorno” esa musobaqa jadvalining 14 pogonasida bormoqda.
Fikrlar