Italiya Superkubogi o'yinini Luka Banti boshqaradi
06 avg 2015 01:10
Yangiliklar


Italiya Superkubogi o'yinini Luka Banti boshqaradi
Xitoyning SHanhay shahrida bo'lib o'tadigan "Yuventus" - "Lacio" uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar guruhi malum bo'ldi.
Italiya Superkubogi uchun bo'ladigan bahsni Luka Banti boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Unga qanotlarda Filippo Meli va Janluka Kariolato ko'maklashadi. Darvozalar ortida esa Janluka Rokki va Paolo Talyavento ishlaydi. Zaxira hakami esa Antonio Damato bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Italiya Superkubogi o'yini 8 avgust kuni SHanhay shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar