So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  6 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Italiya qahramonga aylanishga yaqin kelgan Evro-2012ni yodga olamiz Yangiliklar

Italiya qahramonga aylanishga yaqin kelgan Evro-2012ni yodga olamiz

Kecha Turkiya - Italiya bahsi bilan Evro-2020 bahslariga start berildi.

Roberto Manchini shogirdlarining Turkiya ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g'alabasidan so'ng aksariyat muxlislar Italiyani chempionlik uchun favoritlar qatoriga qo'shishni boshladi. Umuman olganda "Skuadra Adzurra" 2012 yilgi Evropa chempionatida bosh sovringa ega chiqishga yaqin kelgan, hal qiluvchi final uchrashuvida Italiyaga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Demak, bugun Polsha va Ukraina maydonlarida bo'lib o'tgan musobaqani yodga olamiz. 

14-Evropa chempionati 2012 yilning 8 iyun - 1 iyul kunlari Polsha va Ukraina maydonlarida bo'lib o'tgan.

Bu ikki mamlakatda bo'lib o'tgan uchinchi Evropa chempionati hisoblanadi. Evropa birinchiligi ilk marotaba 2000 yili ikki mamlakatda o'tkazilgan. Dastlabkisi, 2000 yilda Belgiya va Gollandiyada, 2008 yili esa Avstriya va SHveycariya maydonlarida bo'lib o'tgan.

Ushbu turnir Evropa chempionatlari tarixida 16 ta terma jamoa qatnashgan so'nggi chempionat sifatida tarixda qolgan. 2016 yilgi turnirdan boshlab Evropa chempionligi uchun 24 ta terma jamoa kurash olib boradigan bo'ldi.

Mezbon aniqlash bo'yicha saylovlarning final bosqichida Italiyani ortda qoldirgan Polsha-Ukraina juftligi g'oliblikni qo'lga kiritgan. O'shanda ushbu nomzodni UEFA prezidenti Mishel Platinining shaxsan o'zi qo'llab-quvvatlagandi.


Musobaqada ishtirok etgan terma jamoalar:

"A" guruhi:

CHexiya
Greciya
Rossiya
Polsha

"B" guruhi:

Germaniya
Portugaliya
Daniya
Gollandiya

"S" guruhi:

Ispaniya
Italiya
Xorvatiya
Irlandiya

"D" guruhi

Angliya
Franciya
Ukraina
SHveciya



CHorak finallar:

CHexiya - Portugaliya 0:1

Ispaniya - Franciya 2:0

Germaniya - Greciya 4:2

Angliya - Italiya 0:0 (pen.2:4)


Yarim finallar:

Portugaliya - Ispaniya 0:0 (pen.2:4)

Germaniya - Italiya 1:2

Eng yaxshi futbolchi - Andres Inesta


Final:

Ispaniya - Italiya 4:0

CHempion:
Ispaniya

Ikkinchi o'rin:
Italiya

Uchinchi o'rinlar:
Portugaliya, Germaniya

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика