Italiya Kubogida endi faqat A va B Seriya jamoalari qatnashadi
06 may 2021 19:31
Yangiliklar
Italiya Kubogida endi faqat A va B Seriya jamoalari qatnashadi
Bu haqda Corriere della Sera xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, keyingi mavsum Italiya Kubogi formatida o'zgarish yuz beradi. Endi musobaqada faqat A va B Seriyadan 40 ta jamoa ishtirok etadi.
Avvalgi mavsumlarda Kubokni ilk raunddan boshlagan C va D Seriya vakillari esa musobaqada qatnashmaydi.
Qayd etilishicha, yangi format tomoshabinlar uchun qiziqarli bo'lishi va teletranslyaciyalarni yanada tomoshabop qilishi aytilmoqda.
C Seriya prezidenti Franchesko Girelli mazkur yangilikni qoralab, buni huquqlarning buzilishi deb atadi.
Fikrlar