Italiya Kubogida endi faqat A va B Seriya jamoalari qatnashadi

Eldor Akmurzayev
6 may 2021, 19:31
Bu haqda Corriere della Sera xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, keyingi mavsum Italiya Kubogi formatida o'zgarish yuz beradi. Endi musobaqada faqat A va B Seriyadan 40 ta jamoa ishtirok etadi.

Avvalgi mavsumlarda Kubokni ilk raunddan boshlagan C va D Seriya vakillari esa musobaqada qatnashmaydi.

Qayd etilishicha, yangi format tomoshabinlar uchun qiziqarli bo'lishi va teletranslyatsiyalarni yanada tomoshabop qilishi aytilmoqda.

C Seriya prezidenti Franchesko Girelli mazkur yangilikni qoralab, buni huquqlarning buzilishi deb atadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Corriere della Sera