So’nggi yangiliklar

18:59ОЧЛ 2. "Насаф" – "Шабаб Ал Аҳли" (матнли трансляция)  18 18:39"Трактор" – "Моҳун Баган" учрашуви бекор қилинди  2 18:13"Насаф" ва "Шабаб Ал Аҳли" стадионга етиб келди  0 17:45Тен Ҳаг ишдан бўшатиладими? МЮ футболчилари мураббийнинг истеъфога чиқарилишини кутмоқда  3 17:24Рой Кин "Манчестер Юнайтед" бош мураббийлигига номзодми?  1 16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  4 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  6 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  0 15:45Про лига 22-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди. Иккита ўйинда VAR ишлайди  1 15:26Фарғонадаги Кубок финалида ишлайдиган ҳакам Ўзбекистон МТЖ фойдасига иккита пенальти белгилаганини биласизми?  7 15:10Жалолиддин Машарипов жамоасида бош мураббий ишдан бўшатилди  1 14:48"Брест" ЕЧЛдаги 2 та ғалаба учун 4,2 млн евро олади. Бу клуб футболчиларнинг 6 ойлик маошини қоплашга етади  4 14:22"Атлетико" ҳимоячиси "Реал"га қарши ўйинда бош миясидан жароҳат олди  0 14:00Transfermarkt ва Championat.Asia Суперлигада сентябрь ойининг энг яхшиларини аниқлашди  5 13:46Самуэль Это'О 6 ойга футболдан четлаштирилди  1

Italiya Kubogi. Prevyu. Hujumkor futbolni xush ko'ruvchi jamoalar to'qnashuvi Yangiliklar

Italiya Kubogi. Prevyu. Hujumkor futbolni xush ko'ruvchi jamoalar to'qnashuvi

Italiya Kubogi yarim final uchrashuvi haqidagi qiziqarli malumotlarni etiboringizga havola etamiz.

Ikkinchi yarim final uchrashuvi Florenciyada bo'lib o'tadi. "Fiorentina" o'z maydonida Bergamoning "Atalanta"sini qabul qiladi. O'z tarixida ketma-ket ikkinchi marotaba "Atalanta" Italiya Kubogi yarim finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi: o'tgan mavsum "Yuventus" bergamoliklarni shu bosqichda mag'lub etandi. Qizig'i shundaki, "Yuventus"ni enggan jamoaning so'nggi 5tadan 3tasi Italiya sovrinni qo'lga kiritgan: oxirgisi "Lacio" edi (2012/13).

"Fiorentina" so'nggi 6tadan 4tasida finalga chiqqan. Har ikki jamoa ham Italiya CHempionati doirasida bitta o'yin o'tkazdilar va "Fiorentina" o'z maydonida 2:0 hisobda g'alaba qozondi. O'sha bahsdagi janjal ko'pchilikning yodida qoldi: "Atalanta" bosh murabbiyi Federiko Kezani penalti vaqti simulyaciya qilganlikda aybladi.  Biroq Poli bu fikrga qo'shilma va takroriy videoni ko'rishni ham istamadi. Hisob bo'yicha mezbonlar oldinda edi. Lekin qo'shimcha vaqtda Biragining goli tufayli hisob 2:0 bo'ldi.

Turnirdagi yo'li

"Fiorentina" Italiya Kubogi 1/8 finalida "Torino"ga qarshi maydonga tushgan. O'sha o'yinda Federiko Keza dubl qilishga muvaffaq bo'lgan. CHorak finaldagi uchrashuv juda muhim edi. Uyda ularning qarshisida jiddiy raqib — "Roma" turgan edi. "Fialkalar" o'z stadioni "Artemio Franki" 7:1 hisobda mag'lub etdi. Bahsdagi 3ta gol muallifi Keza bo'ldi, Simeone esa dubl qildi. Murielya va Benassi esa bir marotabadan darvozani ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.

"Atalanta" ham boshqa yarim finaldagi boshqa jamoalar singari , 1/8 bosqichdan o'ynashni boshlagan. Birinchi uchrashuvda "Kalyari"ni safarda mag'lub etgan. O'shanda Sapata va Pashalich gol urgandi. CHorak finalda esa ular Italiya chempioni "Yuventus" bilan to'qnash keldilar. Gasperini shogirdlari "zebralar"ni 3:0 hisob bilan mag'lub etib, sensaciya qildilar. Eslatib o'tamiz, "keksa sinora" bunga qadar joriy mavsumda hali mag'lub bo'lmagandi.

Muhim faktlar

"Fiorentina" dam olish kuni tur bo'yicha eng tomoshabinbop o'yin ko'rsatdi va qo'yimcha daqiqada hisobni (3:3) tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Lekin o'sha penalti anchagina urush-janjalga sabab bo'ldi. Ommaviy axborot vositalari, sport ko'rsatuvlari va kalcho muxlislari ham faqat shu haqida gapirdilar. "Atalanta" esa ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ham mag'lub bo'ldi.  "Milan" bo'lgan mag'lubiyatdan so'ng (1:3), "Torino"ga gol ura olmay (0:2) yutqazdi. Jamoaning asosiy to'purari Duvan Sapata quyi ko'rsatgichlarga tushib ketdi. Bunga qadar kolumbiyalik muntazam ravishda gol urardi. Lekin so'nggi 3ta o'yinda bitta gol urdi, xolos.

Bugungi bahsni Daniele Doveri olib boradi. U bu mavsumda A Seriyaning 2ta uchrashuvini boshqarishga ulgurdi va futbolchilarga 6ta sariq hamda 1ta qizil kartochka ko'rsatdi.

Bugungi bahsda Florenciya klubiga jamoa sardori — himochi Xerman Peccelya va yarim himoyachi Kevin Miralyas yordam berolmaydi. Betob bo'lgani uchun himoyachi Nikola Milenkovich o'tgan uchrashuvni o'tkazib yuborgandi. Lekin futbolchi sog'aydi va bugun maydonga tushishga tayyor.

"Atalanta"dan esa Remo Froyler va Berat Jimshiti (ikkisi ham chetlashtirilgan) o'yinni o'tkazib yuboradi. SHuningdek, himoyachi Robin Gosens ham matchda ishtirok etmaydi. Gomes esa Turindagi uchrashuvni o'tkazib yuborgandi, lekin bugun asosiy tarkibda maydonga tushadi.

Trend

— So'nggi o'zaro 5ta uchrashuvda umumiy 2.5tadan kam gol bo'lgan.

— "Atalanta" mehmonda 10 o'yinning 7tasida g'alaba qozongan ("fialkalar" 3 marta yutgan).

— "Artemio Franki"dagi so'nggi o'zaro 5 bahsda mezbonlar 3 marta g'alaba qozongan (2 durang).

— "Fiorentina" uydagi so'nggi 5 o'yinida 1 marta g'alaba nashidasini surgan (3 durang, 1 mag'lubiyat)

— "Fiorentina" Italiya Kubogi doirasidagi 4ta bahsda ham yutgan.

Tahminiy tarkiblar

"Fiorentina" o'zining odatiy taktikasi 4-3-3dan foydalanishi kutilmoqda. Raqib jamoa ilk daqiqalardan hujumchilar uchligiga (Keza-Muriel-Jerson) tayyor turishlari kerak. Katta ehtimol bilan Simeone zaxira o'rindig'ida qoladi. SHuni taqidlash lozimki, himoya chizig'ida harakatlanuvchi jamoa sardori Xerman Peccelya maydonga tushmaydi. Biroq, jarohati tuzalgan Milenkovich o'yinga tayyor.

Gasperini esa 3-4-1-2 taktikasidan foydalanishi mumkin. Jamoaning himoya chizig'ida Toloy, Palomino va Manchini o'ynaydi. Gomes ham boshlang'ich tarkibga qaytmoqda. Eslatib o'tamiz, u o'tgan o'yinni o'tkazib yuborgandi. SHuningdek, u bilan birgalikda Ilichich va Sapata ham maydon bo'ylab harakatlanadi.

"Fiorentina" — "Atalanta"

"Fiorentina" so'nggi vaqtda samarali o'yinlar ko'rsatmoqda. Biroq jamoa umumiy hisobda kam gol urmoqda. "Fialkalar" kontratakani yaxshi ko'radigan yosh jamoa hisoblanadi. SHuning uchun, ular har safar bir maromdagi o'yin ko'rsata olmayaptilar. Jamoa so'nggi 9 o'yinda mag'lub bo'lmadi. Lekin shulardan 4tasida g'alaba qozondi, 5 uchrashuv esa durang bilan tugadi. Gasperini shogirdlari bu safar ham raqobatbardosh jamoaga qarshi to'p tepadi. Bergamo jamoasi "Yuventus"ni mag'lub etgan birinchi Italiya klubi bo'ldi. Yana shunchaki mag'lub etishmas, yirik hisobda hamda gol o'tkazmay engdilar.

Ikki jamoa ham finalga chiqish uchun bor kuchi bilan harakat qiladi. Bir narsani hisobga oladigan bo'lsak, "fialkalar" har doim bir maromdagi o'yin namoyish qila olmayaptilar. Bugungi uchrashuv mehmonlari esa favoritlar bilan ham bemalol raqobat qilmoqda. Biroq mezbonlar uy uchrashuvlarida yaxshi o'ynashadi. SHunday ekan, bahs qiyin kechishi va qiziqarli voqealarga boy bo'lishini kutib qolamiz.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика