Italiya chempionati. Peshqadamlar bahsida kuchlar teng keldi
03 apr 2017 01:44
Yangiliklar


Italiya chempionati. Peshqadamlar bahsida kuchlar teng keldi
Neapolda o'tgan “Napoli” – “Yuventus” uchrashuvining 7-daqiqasidayoq Sami Xedira hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Mario Gamshik Buffon qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi-1:1. Goldan keyin mezbonlar tashabbusni to'liq o'z qo'llariga olishdi. Bir necha bor Buffon darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratildi. Ammo boshqa uchrashuvda boshqa gol urilmadi.
Napoli – Yuventus 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 7 Xedira, 1:1 – 60 Gamshik.
Napoli – Rafael, Albiol, Strinich (G'ulom, 79), Xyusay, Kulibali, Mertens, Allan (Zelinski, 69), Kalexon, Gamshik (Rog, 76), Insine, Jorjino.
Yuventus –Buffon, Kellini, Bonuchchi, Lixtshtayner, Lemina (Kuadrado, 61), Asamoa, Xedira, Markizio (Dibala, 80), Pyanich (Rinkon, 87), Manjukich, Iguain.
Ogohlantirish: Insine (37).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar