Italiya chempionati. “Inter” g'alaba qozondi va peshqadamga aylandi
25 okt 2017 01:52
Yangiliklar
Italiya chempionati. “Inter” g'alaba qozondi va peshqadamga aylandi
Turning ilk o'yinida “Inter” Milanda “Sampdoriya”ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi (3:2) va A seriya turnir jadvalida peshqadamga aylandi. O'yinda mezbonla safida Mauro Ikardi “dubl”ga erishgan bo'lsa, yana bir gol Milan SHkrinyar hisobiga yozildi. Mehmonlar safida Davil Kovnacki va Fabio Kvalyarella gol muvaffaqiyat qozondi.
Ushbu g'alabadan keyin “Inter” ochkolari soni 26 taga etdi va ular endi chempionat karvonboshisiga aylanishdi. Ikkinchi pog'onada borayotgan “Napoli” hisobida 25 ochko mavjud. Ammo neapolliklar “Inter”dan bitta kam o'yin o'tkazishgan.
Italiya chempionati.
10- tur
Inter – Sampdoriya 3:2 (2:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 18 SHkrinyar, 2:0 – 32 Ikardi, 3:0 – 54 Ikardi, 3:1 – 64 Kovnacki, 3:2 – 85 Kualyarella.
Inter – Xandanovich, SHkrinyar, Nagatomo (Santon, 84), D`Ambrozio, Miranda, Vesino (Joau Mariu, 74), Galyardini, Valero, Kandreva, Perishich, Ikardi (Eder, 87).
Sampdoriya –Pujoni, Silvestre, Murru, Bereshinski, Ferrari, Prat, Torreyra, Ramires (Kaprari, 46), Barreto (Linetti, 66), Sapata (Kovnacki, 57), Kualyarella.
Ogohlantirish:Murru (61), Kualyarella (85), Galyardini (88), Eder (90).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar