So’nggi yangiliklar

01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  1 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  1 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  1 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  1 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   5 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   1 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  1 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   4 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  12 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  30 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1 21:46Виталий Левченко: "Жасур Жалолиддинов ҳақидаги хабарни Championat.asia сайтида ўқидим"   8 21:40Григорий Колосовский: "Навбатдаги 2 очкони йўқотдик"   3 21:28Эшитдик-да! Ҳусановнинг жамоадоши "Аталанта"га ўтмоқда  2

Italiya chempionati, 5-tur. "Yuventus" safarda yirik g'alabani tantana qildi Yangiliklar

Italiya chempionati, 5-tur. "Yuventus" safarda yirik g'alabani tantana qildi

Italiya chempionatining 5-turidan o'rin olgan "Atalanta" - "Yuventus" uchrashuvi saytimiz orqali matnli onlayn translyaciya qilinadi.

Italiya chempionati, 5-tur.

"Atalanta" - "Yuventus" 0:3

"Atleti Azzurri" stadioni.

Gollar: Teves (35, 59), Morata (83).

"Yuventus": Buffon, Ogbonna, Bonuchchi, Kellini, Lixshtayner, Vidal (Pereyra, 70), Markizio, Pogba, Evra, Teves (Koman, 85), Lorente (Morata, 67).

"Atalanta": Sportiello, Biava, Zappakosta, Benaluane, Drame, Gomez (Bianki, 76), Bazelli (CHigarini, 65), Karmona, Estigarribia (Molina, 49), Denis, Boakye.

Ogohlantirishlar: Benaluane (20), Markizio (31), Molina (73), Evra (75).


                                    MATNLI TRANSLYACIYA

                                              YANGILASH


Etiboringiz uchun rahmat! Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha...

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Yuventus"ning barcha muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz!

90` Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90` Lixshtaynerga qarshi qo'pollik ishlatildi. Jarima zarbasi.

88` "Yuventus" bugun oson bo'lmagan o'yinda yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritmoqda. Bu natija Massimiliano Allegri yaxshi jamoani shakllantirayotganiga misol bo'la oladi.

87` Agarda belgilangan penaltidan mezbonlar unumli foydalanganlarida vaziyat boshqacha bo'lishi mumkin edi. Lekin Buffonning harakati vaziyatni chigallashtirmadi.

86` Uchrashuv qahramoni Karlos Teves o'rniga Kingsli Koman tushirildi.

85` Allegri zaxiradan kerakli tarzda foydalana olishini isbotladi.

83` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MORATA! Ajoyib hujum va chiroyli yakun! Hozirgina maydonga tushgan futbolchilar uchinchi gol kiritilishida yaxshi harakat qilishdi. Pereyraning jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pini Alvaro Morata boshi bilan darvozaga joyladi, 0:3!

83` Zappakostaning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

82` "Atalanta" vaziyatni o'zgartirishga intilmoqda. Hozircha ularning bu urinishlari samara keltira olayotgani yo'q.

80` Tevesdan to'pni qabul qilib olgan Morata raqibini aldashga kirishib ketdi. Ammo so'nggi pallada to'p maydonni tark etdi.

78` Xavfli vaziyat!!!!!!!!! Molina!!!!! Hisobni qisqartirishi mumkin bo'lgan vaziyatda noaniq zarba yo'lladi.

76`  "Atalanta" tarkibida o'zgarish. Gomez o'rniga Bianki tushdi.

75` Patris Evra qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan siylandi.

74` Molina hakam tomonidan ogohlantirildi.

73` Karlos Teves o'zining xet-trigini nishonlashi mumkin edi. Ammo u yo'llagan zarba biroz kuchsiz chiqdi.

73` O'yin tezligi biroz pasaydi.

71` "Yuventus" tarkibida o'zragish. Arturo Vidal o'rniga Pereyra tushdi.

70` Benaluanening uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

68` Alvaro Morataning o'yinini kuzatish qiziq bo'ladi. Jarohatidan endigina qutilgan ushbu hujumchiga o'z sport formasini topib olish uchun o'yin amaliyoti zarur.

67` Aytib o'tganimizdek "Yuventus" safida ham o'zgarish ruy berdi. Fernando Lorente o'z o'rnini yurtdoshi Alvaro Morataga bo'shatib berdi.

66` Massimiliano Allegri ham tarkibidagi futbolchilarni almashtirsa yaxshi bo'lardi. Morata, Kingsli kabi yoshlarga imkon berish uchun fursat kelmadimi?

65` "Atalanta" tarkibida o'zgarish. Bazelli o'rniga CHigarini tushdi.

64` Eslatma: O'tgan mavsumda Buffon sakkiz o'yinlik quruq seriyasi aynan "Atalanta" bilan o'yinga o'z yakuniga etgandi. O'shanda ayni paytda "Milan" safida to'p surayotgan Bonaventura gol muallifiga aylangandi. Bugun esa Buffon yana yoqimli anani "Atalanta" buzishini istamadi. Hozircha Buffon darvozasini munosib tarzda qo'riqlay olmoqda.

62` Buffoning quruq seriyasi davom etmoqda. Jiji Buffon hali qarib qolmaganini isbotlamoqda.

60` "Sen urmasang, senga gol urishadi", - degan iborasi o'z tasdig'ini topdi!

59` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KARLITOS TEVES!  "Yuventus"ning tezda tashkil etgan hujumini Karlos Teves jarima maydonchasiga kirmasdan unumli yakunladi, 0:2!

59` BUFFON!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Denisning zarbasini Jiji Buffon qaytarishga erishdi. Denis 11-metrlik jarima zarbasini darvozaning chap burchagiga yo'lladi. Buffon ham to'p yo'nalishini to'g'ri topa bildi va zarbani qaytarishga erishdi. Qoyil!

59` Kellini bu vaziyatda Molinaga nisbatan qoidani buzdi.

58` "Yuventus" darvozasi tomon penalti belgilandi!

58` Lorentening bosh bilan bergan zarbasini portiello ortiqcha qiyinchiliksiz ushlab oldi.

57` Karlos Teves Lixshtayner bilan kombinaciya uyushtirdi. Lekin jarima maydonchasi ichiga oshirib berilgan to'pni raqib himoyachisi bartaraf etdi.

55` Bugungi o'yindagi noaniq paslar 9-8.

54` Pol Pogba tomon to'p oshirildi. Franciyalik futbolchi havodan kelayotgan to'pga zarba bera olmadi.

52` Arturitto Vidal!!! Zarba va biroz noaniq!

51` "Atalanta" safida o'zgarish. Estigarribia o'z o'rnini Molinaga bo'shatib berdi.

50` Teves burchak to'pini Vidal bilan o'ynadi. Arturo to'pni o'ziga qaytarayotgan paytda o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

49` SHtefan Lixshtayner va Arturo Vidalning harakatlari burchak to'pi bilan yakunlandi.

48` Tarkibda o'zgarishlar yo'q.

47` "Yuventus"ning hujumi uzilib qoldi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!

45` Alexandro Gomezning zarbasi biroz noaniq ketdi. Har qanday holatda Buffon bu zarbani qaytarishga taraddud ko'rib turgandi.

45` Burchak to'pi mehmonlar uchun ko'ngildagidek yakunlanmadi. "Atalanta" futbolchilari to'pni olib qo'yishdi va qarshi hujumga o'tishdi. Lekin yo'l-yo'lakay ularning bu rejasini qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi.

44` "Yuventus"ning hujumi. Burchak to'pi ishlab olindi.

43` UHHHHH! "Atalanta" ham tanaffusga hisobdagi farqni yo'qqu chiqarib chiqib ketishni maqsad qilgan. Boakyening navbatdagi urinishi naf keltirmadi.

42` Xavfli vaziyat!! Evra-Pogba-Lorente kombinaciyasi gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Ammo Lorente oson bo'lmagan joydan boshi bilan zarba berdi, ammo to'p darvozaga tushmadi.

40` Pogba Lorenteni qulay vaziyatga chiqardi. Fernandoning zarbasi biroz o'xshamadi. Aniqrog'i, himoyachi zarba yo'liga g'ov bo'ldi.

39` Lixshtayner himoyada ham o'zining ishonchli o'yinlari bilan ajralib turibdi.

38` Massimiliano Allegri faollik bilan o'z futbolchilariga ko'rsatmalar berib bormoqda.

36` O'yinda hisob ochildi! SHtefan Lixshtaynerning uzatib bergan to'pini Karlos Teves ortiqcha qiyinchiliksiz darvozaga joylab qo'ydi, 0:1!

35` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KARLITOS TEVES!

35` Uhhhh! Maydonda haqiqiy kurash kechmoqda.

33` "Yuventus"ning navbatdagi hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Evraning oshirib bergan to'piga zarba beradigan ftbolchi topilmadi. Lorente to'pga biroz kech qoldi.

32` Boakyening urinishi samarasiz yakunlandi. Maydon egalari imkon qadar hujumlar uyushtirishmoqda. Bazi vaziyatlarda ularga biroz sovuqqonlik etmayapti.

30` Markizio maydon markazida qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan ogohlantirildi.

29` "Yuventus" hozircha mavsumdagi eng qiyin uchrashuvini o'tkazmoqda. "Milan" bilan safarda o'tgan bahsda ham tuinliklar bu qadar kuchli qarshilikka duch kelishmagan edi. Hozircha "Atalanta" kutilganidanda qattiqroq qarshilik ko'rsatmoqda.

28` Karlitos Teves!!!!!!!!!!! Kuchli va aniq zarba! Sportiello ikkinchi urinishda to'pni ushlab olmoqda!

27` Karlos Tevesning zarbasini Sportiello qaytardi.

26` Maydonda ancha keskin kurash kechmoqda. Haqiqiy italyancha "jang" deydi buni!

25` Estigarribia! Xavfli vaziyat gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Jarima maydonchasi ichiga kirib kelgan Estigarribianing zarbasiga biroz aniqlik etishmadi!

24` "Atalanta"ning o'ng qanoti faol harakat qilmoqda va bu narsa Evraga etarlicha ish topib bermoqda.

23` Pol Pogba - yuqori istedod sohibi! Uning harakatlarini klaviaturaning kuchi bilan tushuntirib o'tish qiyin. Buni ko'rish va zavqlanish zarur.

22` Tevesning jarima maydonchasi tomon oshirib bergan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi. Kellini har doimgidek faol kurashdi. Lekin ish darvoza tomon zarbagacha etib bormadi.

21` Tevesga qarshi qo'pollik ishlatildi. Jarima zarbasi. Benaluane esa ogohlantirildi.

20` Karlos Teves va Pol Pogba o'z butsalarini almashtirib olishdi.

18` "Yuventus"ning xavfli tus olgan hujumi yakunda besamar tugadi. Aniqrog'i, Teves tepgan to'p maydonda yotgan Pogbaning qo'liga tegdi.

17` "Atalanta" qarshi hujum uyushtirmoqchi bo'ldi. Ammo raqib himoyachilari o'z vaqtida joylarini egallashdi. "Yuventus"ning sobiq azosi Estigarribia Buffon qo'riqlayotgan darvozaga zarba berdi. Samarasiz.

15` "Yuventus"ning ketma-ket hujumlari. Ammo ish zarbagacha etib kelmadi.

14` Anjelo Ogbonna! Uhhh! Markaziy himoyachi maydon markazida to'pni qabul qilib oldi va darvozani nishonga olib ko'rmoqchi bo'ldi. Zarbaga aniqlik etishmadi. Avvallari bu ishni Bonuchchi va Kellini ko'p amalga oshirardi. Ogbonna ham jamoadoshlaridan o'rnak olgan ko'rinadi.

13` Standart vaziyati samara keltirmadi. Lekin to'p mezbonlarda va ular yangi hujum tashkil etishga hozirlik ko'rishmoqda. Hozircha "Atalanta" "Yuventus"ga kurash taklif etmoqda.

12` Zappakosta o'ng qanotdan jamoasi hujumini rivojlantirdi va burchak to'pi ishlab oldi.

11` Karlitos Teves! "Yuventus" hujumchisi hozircha mehmonlar safidagi eng faol futbolchi bo'lib turibdi. Lekin uning bu urinishidagi zarbasiga aniqlik etishmadi.

10` Tashabbus asta-sekin Allegri jamoasi tomoniga o'tmoqda.

9` Karlos Teves! Argentinalik hujumchining faolligi evaziga mehmonlar hujum uyushtirishdi. Ammo "Atalanta" himoyachisi bir amallab ushbu vaziyatni jamoasi foydasiga yakunladi.

8` Bu safar Kellini himoyada ishonchli o'ynadi.

7` Evra jarima maydonchasi ichiga kelgan to'pni uzoqlashtirdi. Hozircha mezbonlar ko'proq hujumga o'tishmoqda.

6` Uchrashuv starti chakki emas!

5` "Yuventus" tashabbusni o'z tomoniga og'dirib olmoqchi. Lekin Arturo Vidalning noaniq to'p oshirishi mehmonlarning hujumini uzib qo'ydi.

4` Xavfli vaziyat!!! "Atalanta" hujum qilishda davom etmoqda! Jarima maydonchasi ichida mezbonlar futbolchisi darvozaga zarba berish uchun imkoniyat qidirdi. Ammo "Yuve" himoyachilari bu vaziyatda ishonchli harakat qilishdi.

3` Maydon egalari "Atalanta" ham hujumga hujum bilan javob berdi. Bazelli Jiji Buffon darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. Noaniq.

2` "Yuventus" bahsning hujum bilan boshladi. Kellinining jarima maydonchasi tomon uzatib bergan to'piga egalik qiladigan futbolchi topilmadi.

1` Uchrashuv boshlandi! Qani biz ham boshladik...

- Massimialiano Allegri boshchiligidagi "Yuventus" ushbu mavsumda ancha chiroyli va shiddatkor futbol ko'rsatmoqda.

- Bugun sensaciya bo'ladimi? Yoki "Yuventus" o'zining mardonavor yurishini davom ettiradimi? Bu savollarga ushbu o'yin jaovb beradi.

- Jamoalarga maydonga tushib kelishmoqda...

- Hamma o'yquga oshno bo'ldimi? Qani "Yuventus" muxlislari? "Forza" - deb baqirmaysizmi? Hamma uyg'onib ketmaydimi?!

- Uchrashuv bir necha daqiqalardan so'ng boshlanadi. Barcha "Yuventus" muxlislarini saytimizga yaxshilab "joylashib" olishlarini so'raymiz. CHiroyli futbol shaydolarini ham ushbu sahifaga taklif etamiz. Umid qilamizki, bu o'yin va uchrashuv sharhi sizni zeriktirib qo'ymaydi.

- Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari elon qilindi.

- Yaqin daqiqalar ichida jamoalarning boshlang'ich tarkiblari malum bo'ladi.

- Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi. Italiya chempionatidagi keskin kurashli haqiqiy "jang"ni saytimiz orqali kuzatib boring.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Italiya chempionati va shuningdek, "Yuventus" muxlislari uchun bugungi "Atalanta" - "Yuventus" bellashuvidan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyani amalga oshiramiz.

- Uchrashuv soat 23:45da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика