Italiya A Seriyasida o'tgan oyning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
01 okt 2022 11:15
Yangiliklar


Italiya A Seriyasida o'tgan oyning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Italiya chempionatida sentyabr oyi yakunlariga ko'ra eng yaxshi murabbiy nomi malum qilindi.
Mukofot "Udineze" bosh murabbiyi Andrea Sottilga nasib etdi.
Sentyabr oyida murabbiy shogirdlari uchta o'yinda ham g'alaba qozonishdi: "Roma" (4:0), "Sassuolo" (3:1) va "Inter" (3:1).
Jamoa hozirda A Seriya turnir jadvalida peshqadam "Atalanta" va "Napoli"dan bir ochko ortda qolgan holda uchinchi o'rinda bormoqda.
"Udineze"ning navbatdagi o'yini 3 oktyabr kuni "Verona"ga qarshi kechadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar