Italiya A seriyasi yangi mavsumi boshlanish sanasi malum
04 avg 2020 00:52
Yangiliklar


Italiya A seriyasi yangi mavsumi boshlanish sanasi malum
Italiya A seriyasi kengashi yig'ilishida 2020/2021 yilgi bahslarning boshlanish va yakunlash sanalari tasdiqlandi, deya xabar bermoqda turnirning rasmiy sayti.
Yangi mavsumga 2020 yilning 19 sentyabrida start beriladi. Mavsumning so'nggi uchrashuvi 23 may kuni o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Takidlash joizki, tasdiqlangan taqvimga ko'ra Rojdestvo tatillari paytida ham (3 yanvar) uchrashuvlar o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Italiya A seriyasining 2019/2020 yilgi mavsumi uch oy majburiy tatildan keyin 1 avgust kuni nihoyasiga etkazildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar