Italiya A Seriyasi tubdan o'zgartirilishi mumkin
15 may 2019 00:35
Yangiliklar


Italiya A Seriyasi tubdan o'zgartirilishi mumkin
Italiya A Seriyasi rahbari Gabriele Gravina mamlakat birinchiligining formatini o'zgartirishni xohlamoqda.
«Hozirda futbol inqirozda bo'lgani sabab, unga yangi qoidalar joriy qilish bilan birga bir qancha o'zgartirishlar qilinishi ham zarur. Uning yo'nalishini tubdan o'zgartirish kerak. Men A Seriyaning pley-off o'yinlari haqida aytmoqdaman. Hozircha bularning hammasi xom-hayol. Biroq, keyinroq barchasini muhokama qilamiz. Bu esa biz uchun muhim sanaladi», – deydi Gravina.
Yangi formatga ko'ra, A Seriyaning tur o'yinlaridan so'ng klublar 2 guruhga teng taqsimlanadi. Yuqori ochkolarga ega bo'lgan kuchli o'ntalik chempionlik, shuningdek, evrokuboklardagi o'rinlar uchun kurash olib boradi. Jadvalning ikkinchi o'nligi esa chempionatda jon saqlab qolish uchun kurashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar