Italiya A seriyasi. “Inter” g'alaba qozonib, yakka peshqadamga aylandi
15 sen 2019 07:45
Yangiliklar


Italiya A seriyasi. “Inter” g'alaba qozonib, yakka peshqadamga aylandi
“San Siro”da kechgan bellashuvning 35-daqiqasida mehmonlar maydonda bir kishi kam bo'lib qolishdi. Yarim himoyachi Rodrigo De Paulya maydondan chetlatildi. Natijada “Inter” bahsda tashabbusni to'liq qo'lga olgan holda bo'lim oxirida hisobni ochdi. Himoyai Diego Godinning uzatmasidan keyin Stefano Sensi jamoasiga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi.
Bu g'alaba milanliklarni 100 foizlik natija bilan turnir jadvalida peshqadamga aylantirdi.
Inter – Udineze 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 44 Sensi.
Inter – Xandanovich, Godin, de Vrey, SHkrinyar, Kandreva, Barella (Galyardini, 46), Brozovich, Asamoa, Politano (Sanches, 80), Sensi, Lukaku (Martines, 65).
Udineze – Musso, Rodrigo Bekao, De Mayo, Opoku, Larsen, Yayalo (Barak, 71), Uolas (Mandragora, 81), de Paul, Sema (Pussetto, 81), Fofana, Lazanya.
Ogohlantirish: Barella (28), Rodrigo Bekao (35), Kandreva (78).
CHetlatish: de Paul (35).
Inter Stefano Sensi - 44' |
Serie A . 3-tur 15/09/2019, 00:45 0
:
1
Tugadi
|
Udinese |
Stadion: Giuseppe Meazza, 57991 tomoshabin
Bosh hakam: Maurizio Mariani
O’xshash yangiliklar

Fikrlar