Italiya A seriyasi. “Inter” g'alaba qozonib, yakka peshqadamga aylandi

15 sen 2019, 07:45
Italiya A seriyasining 3-turida Milanning “Inter” klubi o'z uyida “Udineze”ni qabul qilib, kichik g'alabaga erishdi.

“San Siro”da kechgan bellashuvning 35-daqiqasida mehmonlar maydonda bir  kishi kam bo'lib qolishdi. Yarim himoyachi Rodrigo De Paulya maydondan chetlatildi. Natijada “Inter” bahsda tashabbusni to'liq qo'lga olgan holda bo'lim oxirida hisobni ochdi. Himoyai Diego Godinning uzatmasidan keyin Stefano Sensi jamoasiga g'alaba keltiruvchi golga mualliflik qildi.

Bu g'alaba milanliklarni 100 foizlik natija bilan turnir jadvalida peshqadamga aylantirdi. 

Inter – Udineze 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 44 Sensi.

Inter – Xandanovich, Godin, de Vrey, Shkrinyar, Kandreva, Barella (Galyardini, 46), Brozovich, Asamoa, Politano (Sanches, 80), Sensi, Lukaku (Martines, 65).

Udineze – Musso, Rodrigo Bekao, De Mayo, Opoku, Larsen, Yayalo (Barak, 71), Uolas (Mandragora, 81), de Paul, Sema (Pussetto, 81), Fofana, Lazanya.

Ogohlantirish: Barella (28), Rodrigo Bekao (35), Kandreva (78).

Chetlatish: de Paul (35).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia