Istiqlolga yangi bosh murabbiy keladi...mi?

Narzulla Saydullayev
23 fev 2018, 13:40
Farg'onaning Istiqlol jamoasida yana bosh murabbiy o'zgaradimi?

Olingan ma'lumotlarga qaraganda, bungacha ushbu lavozimda ishlab kelgan Usmon Asqaraliev deyarli bir haftadan buyon jamoa bilan birga emas.

Shu bois mashg'ulotlarga uning yordamchisi Sergey Lebedov boshchilik qilmoqda. Bu yil yana Superligaga chiqish uchun kurash olib borishni maqsad qilayotgan Istiqlol jamoasi shunga monand tarkibini kuchaytirishga urinmoqda. Ammo Usmon Ahmedovich jamoa bilan birga emas. Aytishlaricha 60 yoshli mutaxassisning sog'ligi bilan bog'liq muammo yuzaga kelgan.

Uning jamoaga qachon qaytishi borasida aniq ma'lumot hozircha yo'q.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia